Karvonsaroy

Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni oshiriladi

Karvonsaroy

DUSHANBE – O‘zbekiston havo yo‘llari 29-oktabrdan boshlab, Toshkent-Dushanbe yo‘nalishida aviaqatnovlar sonini haftada ikki marotaba amalga oshiradi, deb xabar berdi Asia-Plus nashri 15-oktabr, dushanbe kuni.

O‘zbekiston Havo Yo‘llari 2017-yil aprel oyidan boshlab, 1992-yildan beri ilk bor ikki poytaxt o‘rtasidagi aviaqatnovlarni qayta tiklagan edi.

2017-yil iyun oyida talab kamligi tufayli qatnovlar haftada ikki marta o‘rniga bir marotabaga kamaytirilgan edi.

Dushanba va payshanba kungi qatnovlar yo‘lovchilarga Toshkent orqali Qo‘shma Shtatlar, Yevropa mamlakatlari, janubi-sharqiy Osiyo va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) bog‘lovchi reyslar bilan qulay parvoz qilishga imkon beradi, dedi O‘zbekiston Havo Yo‘llarining Dushanbedagi vakili Orif Ro‘zimurodov.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500