MARKAZIY OSIYO – BBC talqini boʻyicha 2018-yilda dunyoning eng nufuzli 100 nafar ayoli roʻyxatidan ikki Markaziy Osiyolik ayol oʻrin oldi, deb xabar berdi AKIpress dushanba (19-noyabr) kuni.
Qirgʻizistonlik 19 yashar talaba Alina Anisimova va Oʻzbekiston universitetlaridan birining 61 yashar oʻqituvchisi Leyla Belyalova ushbu roʻyxatga kirganlar.
Qirgʻiz ayollari kosmik maktabiga rahbarlik qiladi. Ushbu maktabning maqsadi – koinotga mamlakatning ilk sunʻiy yoʻldoshini uchirish.
Belyalova esa “Oʻzbekistonning togʻ ekotizimlari biologik xilma-xilligini saqlash va turli xil qushlar, shu jumladan, yirtqichlarni himoya qilish ustida ishlaydi”.
BBCning 100 nafar eng nufuzli ayollar roʻyxati 60 dan ortiq mamlakatdan boʻlgan, 15-94 yosh oraligʻidagi “yetakchilar, kashfiyotchilar va oddiy kun qahramonlarini” oʻz ichiga oladi.