Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-12-03

Rossiyadagi qirgʻizistonlik migrantlar qiyin ahvolda qolgan 40 nafar hamyurtiga yordam bermoqda

Karvonsaroy

MOSKVA – Rossiyadagi qirgʻiz diasporasi vakillari ish beruvchi tomonidan aldanib, qiyin ahvolda qolgan 40 nafar migrantga yordam qoʻlini choʻzdilar, deb xabar berdi 24.kg nashri dushanba, 3-dekabr kuni.

Migrantlar (ular orasida ayollar ham bor) Moskvadan 300 km uzoqlikda koʻchada pulsiz qolib ketganlar. Bu haqda ular Facebook ijtimoiy tarmogʻiga joylagan video-murojaatlari orqali maʼlum qilganlar.

“Biz Rossiyaga qurilishda ishlagani kelgan keldik”, deydi migrantlardan biri videoda. “Bizni Rossiyaga yuborgan kompaniya bizni aldadi, qirq nafar qirgʻiz 20 daraja sovuqda qolib ketdik.”

Qirgʻizistonning Moskvadagi elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, qirgʻiz disporasi aʼzolari migrantlarni mehmonxonaga olib kelganlar.

“Rossiya migratsiya xizmati va elchixona vakillari kuni kecha ular bilan uchrashganlar. Biz bu masalani hal qilamiz”, deb aytgan elchixona.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar 0

Captcha