Qirgʻizistonlik kelin oʻgʻrisi va qotili 20 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻiziston sudi may oyida yosh qizni oʻgʻirlagan va oʻldirgan erkakni 20 yillik qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi seshanba, 11-dekabr kuni.

Bishkekning Sverdlovsk tuman sudi turmush qurishga majburlash maqsadida Burulay Turdaali qizini oʻgʻirlab, , soʻngra uni oʻldirgan 29 yashar Mars Bodoshevga 11-dekabr kuni hukm oʻqigan.

Sud, shuningdek, Bodoshevga ushbu jinoyatni sodir etishda koʻmaklashgan doʻsti Akmat Seitovni ham yetti yilga ozodlikdan mahrum etish haqida qaror chiqargan.

Bodoshev Chuy viloyati militsiya idorasida Turdaali qizi bilan yolgʻiz qolgan paytda uni pichoqlab oʻldirgan.

Ushbu voqea ortidan bir nechta militsiya xodimi ishdan boʻshatilgan, ayrimlariga hayfsan eʼlon qiliib, quyi lavozimlarga tushirilgan.

Mazkur qotillikdan soʻng, butun mamlakat boʻylab “kelin oʻgʻirlash” amaliyotiga qarshi koʻp sonli namoyishlar boʻlib oʻtgan.

Qirgʻizistonda kelin oʻgʻirlash qonunga xilof boʻlsa-da, bu jinoyatni sodir etganlar kamdan-kam javobgarlikka tortiladi.

Sizga maqola yoqdimi?

1
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha