Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-06-15 | topic/women's_rights

Qirg‘izistonliklar kelin o‘g‘irlash va ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi

6-iyun kuni Bishkekda mingdan ortiq odam, shu jumladan, maktab o‘quvchilari militsiya idorasida yosh ayol uni o‘g‘irlagani gumon qilingan shaxs tomonidan o‘ldirilishi ortidan namoyishga chiqishgan. Tibbiyot oliygohi talabasi Burulay Turdaali qizi o‘z o‘g‘risiga qarshi ko‘rsatma berish uchun kelgan vaqtda pichoqlab o‘ldirilgan. (ADILET MARSBEKOV/AFPTV/AFP)

Asker Sultanov

BISHKEK – Qirg‘iziston fuqarolari o‘tgan oy Chuy viloyatida yosh qizning dahshatli ravishda o‘ldirilishi ortidan kelin o‘g‘irlash odatini qoralab, ayollar huquqini himoya qilishga chaqirmoqdalar.

27-may kuni o‘z o‘g‘risiga qarshi ko‘rsatma berishga tayyorlanayotgan vaqtda tibbiyot oliygohi talabasi bo‘lgan Burulay Turdaali Qizi mahalliy militsiya idorasida pichoqlangan.

Asli Talasdan bo‘lgan ayblanuvchi Turdaali Qizini unga uylanish maqsadida o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralari va mahalliy yangiliklarda berilgan xabarlarga ko‘ra, militsiya xodimlari juftlikni Chuy viloyatining Jayyil timanidagi idoraga olib kelgan vaqtda erkak Turdaali Qizini pichoqlagan, so‘ngra, o‘z joniga qasd qilishga uringan.

9-iyun kuni Bishkekdagi namoyishda maktab o‘quvchilari tibbiyot oliygohi talabasi Burulay Turdaali qizining suratini ko‘tarib olishgan. Burulay 27-may kuni uni o‘g‘irlagan deb gumon qilingan shaxs tomonidan o‘ldirilgan va bu vaziyat Qirg‘izistonda kelin o‘g‘irlash bilan bog‘liq muammoni o‘rtaga olib chiqdi. (Asker Sultanov)

Siyosatchilar, san’atkorlar, huquq faollari va o‘nlab bishkekliklar 9-iyun kuni erkinlik ramzi bo‘lgan oq kiyimda “Biz ayollar huquqlari tarafdorimiz” shiorlari bilan namoyishga chiqishdi. (Asker Sultanov)

9-iyun kuni bishkekliklar kelin o‘girlash odatiga qarshi namoyishga qo‘shildilar. “Kelin o‘girlashga qarshiman” xeshtegi ostidagi bu ayol bannerida “Qiz o‘g‘irlash uning kelajagini o‘g‘irlash demakdir” va “Odam o‘g‘irlashni va buni oddiy holatni deb bilishni bas qiling” deb yozilgan. (Asker Sultanov)

6-iyun kuni qirg‘izistonlik talabalar oq sharlar bilan Bishkekda kelin o‘g‘irlash odatiga qarshi namoyishga chiqishdi. (Dmitriy Motinov/AFP)

Turli manbalarga ko‘ra, Turdaali Qizining yoshi 19 yoki 20 da, uning o‘g‘risi esa 29 yoki 30 yoshda bo‘lgan.

O‘z joniga qasd qilish natijasida olgan jarohatlari bilan shifoxonada davolanib chiqqan gumondor Bishkekdagi hibsxonaga joylashtirilgan va sud mahkamasini kutmoqda, deb xabar berdi 24.kg nashri 13-iyun, chorshanba kuni.

Huquqni muhofaza qilish organlari uning hibsga olinganini tasdiqladi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda har yili taxminan 12 mingga yaqin xotin-qizlar o‘g‘irlanib kuyovlarga topshiriladi, ba’zida yaqin qarindoshlar ko‘ra-bila turib bunga yo‘l qo‘yib beradilar.

Odil sudlov talabi

Mazkur holat jamoatchilik orasida keng muhokama sabab bo‘ldi, ayollarni himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish va Turdaali Qizi bilan bog‘liq voqea aybdorlarini javobgarlikka tortish chaqiriqlari yangradi.

5-iyun kuni prezident Sooronbay Jeenbekov aybdorlarni jazolashni talab qildi, bosh vazir Muhammedkali Abilgaziyev esa kelin o‘g‘irlash odatiga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirishga chaqirdi.

Butun mamlakat bo‘ylab qator namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

6-iyun kuni Bishkekdagi namoyishchilar oq sharlar va “Kelin o‘g‘irlashga qarshimiz” hamda “Qizlarga ham baxtli bo‘lishga imkon bering” shiorlarini ko‘tarib ko‘chalarga chiqdilar, deb xabar berdi AFP.

Tashkilotchilarga ko‘ra, namoyishda 1000 dan 1500 gacha odam ishtirok etgan.

Kelin o‘g‘irlashdek “sharmandali fenomenga” nisbatan “munosabatlarni keskin o‘zgartirish” vaqti keldi, deydi Ta’lim vaziri Gulmira Kudayberdiyeva.

“Qizlarimizni o‘z xohishlariga qarshi uzatishni bas qilishimiz kerak”, dedi u namoyish vaqtida. “Juda yaxshi qonunlar bor, ammo yoshlarning ota-onalari ongini o‘zgartirish uchun ular bilan ishlashimiz kerak.”

Ayollarga qarshi zo‘ravonlikka “Yoq!” deymiz

Siyosatchilar, san’atkorlar, inson huquqlari himoyachilari va o‘nlab bishkekliklar erkinlik ramzi sifatida oq kiyimlarni kiyib, 9-iyun kuni “Biz ayollar huquqlari tarafdorimiz” shiori ostida navbatdagi namoyishga chiqdilar.

“Biz bugun zo‘ravonlikka “Yo‘q!” deymiz”, dedi aksiya tashkilotchilaridan biri Assol Moldokmatova.

“Qizlarimiz zo‘ravonlik ko‘rmasligini, erta turmush qurishga majburlanmaydigan, o‘g‘irlanmaydigan va tahqirmaydigan sharoitda yashashlarini istayman”, dedi u Karvonsaroy nashriga. “Ayolda tanlov huquqi bo‘lishi kerak. Biz shu maqsadda bu yerga keldik va Burulay xotirasini yod etmoqdamiz.”

Namoyishchilar qonun chiqaruvchilarni uylanishga majburlash maqsadida ayollarni o‘g‘irlayotganlarga qarshi jazoni kuchaytirishga chaqirdilar.

“Ayollarga oid qonunlarni qayta ko‘rib chiqishimiz kerak”, dedi Moldokmatova. U hukumatga mavjud qonunni qayta ko‘rib chiqib, uni halok bo‘lgan ayol sharafiga “Burulay qonuni” deb atashni taklif qildi.

Namoyishda Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Roza Otunbayeva so‘zga chiqib, ayollarni o‘z qizlariga g‘amxo‘rlik qilish va shaxsiyatlarini hurmat qilishga va ularni erta yoshda turmushga chiqishga majburlamaslikka chaqirdi.

“Biz, shahar va qishloqlardagi ayollar qizlarimizning o‘g‘irlanayotganiga javobgarmiz”, dedi u. “Diqqatimiz nimaga qaratilgan? Nima uchun qizlarimizni himoya qilmayapmiz?”

“Chora ko‘rish zarur”

Turdaali Qizining o‘limi “jamiyatning yarasi: kelin o‘g‘irlash muammosini yuzaga chiqardi”, deydi Qirg‘izistondagi yagona musulmon jurnali – “Umma” bosh muharriri Eliana Maryam Satarova.

“Men Qirg‘izistonda bu kabi o‘tmish sarqitiga barham berilishini istayman”, dedi Satarova Karvonsaroy nashriga. “Islom – kelin o‘g‘irlash odatiga qarshi, deb aniq ayta olaman. Zo‘ravonlikni qabul qilib bo‘lmaydi.”

“Biz javob qaytarishimiz kerak”, deнdi 18 yashar bishkeklik Diana Jusupbekova. “Men qo‘l qovushtirib o‘tirmaslik uchun bu aksiyaga qo‘shildim. Bunday vaziyatda passiv bo‘lish dahshatli.”

32 yashar bishkeklik Ilyas Estebesov “fuqarolik pozitsiyasini egallash muhim”, deydi.

“Bu kabi fuqarolik harakati mamlakatimizda ildiz otishini ko‘rishni va unda ishtirok etishni istayman”, dedi u Karvonsaroy nashriga. U “bunday namoyishlar sababli aniq chora-tadbirlar qabul qilinishiga” umid bildirdi.

2015-yil dekabr oyida hukumat tomonidan tasdiqlangan Gender tengligi bo‘yicha Qirg‘izistoning milliy rejasi amalga bo‘lishi lozim, dedi bishkeklik inson huquqlari himoyachisi Tolekan Ismailova.

Jamiyatni o‘zgartiradigan harakat zarur”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

Militsiyaning passivligi huquq himoyachilarini tashvishlantirmoqda

Turdaali Qizi o‘limining eng dahshatli tarafi – uning fuqarolar himoya izlab boradigan militsiya idorasida o‘ldirilganidir, deydi Ismailova.

Militsiya xodimlari ayolning halok bo‘lishiga yo‘q qo‘yganlari uchun aybdorlar, deb tan oldi Ichki ishlar vaziri Kashkar Junushaliyev. Kamida 23 nafar miltisiya xodimi intizomiy va ma’muriy jazoga tortildi, ular orasida lavozimidan ozod qilinganlar ham bor, deb xabar berdi 24.kg nashri.

“Politsiya qotillikka aloqador”, dedi Ismailova. Yuz bergan holatni oqlab bo‘lmaydi, deb qo‘shimcha qildi u.

“Burulay tuman politsiya mahkamasiga kirishi bilan, tergovchilar uning xavfsizligini ta’minlashlari kerak edi”, dedi u. “Ammo politsiyachilar odatga ko‘ra uni tajovuzkor bilan xoli qolishiga qo‘yib berganlar.”

Inson huquqlari tashkilotlari “qurbon jinoyatchi bilan qancha muddat birga bo‘lgani va politsiya ularni qancha vaqtga yolg‘iz qoldirganini” o‘rganib chiqmoqdalar, dedi Ismailova.

“Biz ijtimoiy tarmoqlarda o‘z noroziligimizni bildirdik va advokatlar bilan maslahatlashdik”, dedi u.

“Sohada islohotlarni amalga oshirish uchun katta mablag‘ olgan huquq-tartibot organlari nima uchun huquqlarimizni himoya qilmasligini” tushunishni istaymiz, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 4

Fikrlar

* Majburiy
Captcha

2 ta fikr…

Камиль Рузиев | 2018-07-04

Ayollar huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishi uchun Qirg‘iziston huquq-tartibot organlarida chinakam islohotlar o‘tkazish kerak

Мырзабай | 2018-06-17

Burulayning fojiasini shouga aylantirib yuborishdi! Bu maqolaga emas, tadbir ishtirokchilariga bo‘lgan e’tiroz! Birovning fojiasini shouga aylantirish – uyat, vazir oyim Gulmira Karimovna!