Qirgʻiziston taʼlim vazirligi qirgʻiz tilidagi onlayn kurslarni yoʻlga qoʻydi

Karvonsaroy

BISHKEK – 24.kg nashrining chorhanba (16-yanvar) kungi xabariga koʻra, Qirgʻiziston taʼlim vazirligi qirgʻiz tiliga oid 20 ta onlayn kurs, jumladan, 400 ga yaqin video-darslarni ishlab chiqqan.

Kurslar internetdagi itkg.emektep.info va ilimelim.kg manzillariga joylashtirilgan.

Vazirlik matbuot xizmatiga koʻra, 2019-yildan Qirgʻiziston universitetlariga kirish uchun hujjat topshirayotgan, qirgʻiz tilini yaxshi bilishini tasdiqlovchi sertifikati boʻlgan abituriyentlar imtiyozga ega boʻladilar.

Vazirlik, shuningdek, gcflearnfree.org saytidan axborot texnologiyalariga oid 200 ta darsni, shuningdek, Vikipediyadan 20087 ta maqolani qirgʻiz tiliga tarjima qilib, tahrirdan oʻtkazgan hamda qirgʻiz tilidagi 1000 ga yaqin kitobni raqamli koʻrinishga keltirgan.

Sizga maqola yoqdimi?

1
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha