http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/01/17/newsbrief-01

HRW: Markaziy Osiyo davlatlarida inson huquqlari ustuvor ahamiyatga ega boʻlishi lozim

Karvonsaroy

NYU-YORK – Qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan “Human Rights Watch” (HRW) tashkiloti payshanba (17-yanvar) kungi bayonotida Markaziy Osiyo liderlarini mintaqaviy hamkorlik va xorijiy investitsiyalar sohasini kuchaytirish saʼy-harakatlari doirasida inson huquqlari masalasiga alohida eʼtibor qaratishga chaqirdi.

“Markaziy Osiyodagi 105 million kishilik aholining turmush darajasini yaxshilash uchun, inson huquqlari iqtisodiy taraqqiyot va mintaqaviy hamkorlikdan ortda qolmasligi lozim”, deyiladi har yili inson huquqlari amaliyotiga oid hisobot chiqaradigan HRWning Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha rahbari Xyu Uilyamsning bayonotida.

HRWga koʻra, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishda tashabbus koʻrsatib, mamlakatda inson huquqlari bilan bogʻliq holatni yaxshilash yoʻlida sezilarli choralarni amalga oshirgan.

Shuningdek, bayonotda Sooronbay Jeenbekovning hukmronligi davrida Qirgʻizistonda “ommaviy axborot vositalari va soʻz erkinligiga nisbatan ochiq hujumlar nisbatan kamroq kuzatilgani“ qayd etilgan.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 1
Siyosat
Captcha
| 2019-01-20

Inson huquqlariga rioya qilinishi odamlar uchun hali ustuvor ahamiyatga ega masala emas...

Javob berish