Tojikistonda yerlarni irrigatsiya va melioratsiya qilish boʻyicha oltita loyiha amalga oshiriladi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston yerlarning meliorativ holati va sugʻorish tizimini yaxshilashga qaratilgan oltita investitsiya loyihasi ustida ish olib bormoqda, deb xabar beradi Asia-Plus tojik rasmiylaridan biriga tayanib.

Loyihalarning umumiy qiymati 165,4 mln. AQSH dollariga (1,56 mlrd. somoniy) teng boʻlib, hozirga qadar ushbu summaning qariyb yarmi sarflab boʻlingan, dedi Melioratsiya va irrigatsiya agentligi rahbari Xolmurod Rahmon payshanba (7-fevral) kuni Dushanbeda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.

Ular orasida Islom taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilayotgan Dangʻara dashtidagi irrigatsiya loyihasi ham bor. Umumiy qimati 30,5 mln. AQSH dollariga (290 mln. somoniy) teng loyiha qashshoqlikka qarshi kurash maqsadini koʻzlaydi.

Loyiha Dangʻara dashtidagi 1750 gektar sugʻoriladigan yerlarni oʻzlashtirish orqali qishloq xoʻjaligi va chorvachilik sohalarida 8 mingta ish oʻrni yaratishni koʻzda tutadi.

2013-2020-yillarda amalga oshiriladigan yana bir loyiha – barqaror qishloq xo‘jaligi va suv resurslarini boshqarish loyihasi boʻlib, uning qiymati 57,9 million AQSH dollariga (546 million somoniy) teng. U Jahon qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi dasturi hamda Xalqaro rivojlanish uyushmasi tomonidan moliyalashtirilmoqda.

Xatlon viloyatining 14 tumanida olib borilayotgan loyiha boshqaruvi sug‘orish va drenaj infratuzilmasini tiklash, qishloq xoʻjalik ekinlari yetishtirishni koʻpaytirish va suv resurslarini boshqarish bo‘yicha yaxshilangan siyosat va tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlash orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholi bandligini oshirishga qaratilgan.

Boshqa loyihalar Panj daryosi havzasini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish, Xamadoniy tumanida daryo bo‘yini kuchaytirish ishlari va Panj daryosi havzasida suv resurlarini boshqarishni oʻz ichiga oladi.

Rahmonning so‘zlariga ko‘ra, irrigatsiya tizimini qayta tiklash uchun Tojikistonga kamida 750 million AQSH dollari (7 millard somoniy) kerak bo‘ladi.

“Tojikistonda 800 ming gektardan ko‘p yerni o‘zlashtirish va ulardan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish uchun foydalanish imkoniyati bor”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

1
0
Yo‘q
Fikrlar 1
Siyosat Captcha
Comment bubble | 2019-02-08

Sayt Markaziy Osiyo uchun moʻljallangan, lekin nima uchun faqat ingliz, rus va oʻzbek tillarida? Diskriminatsiyami bu?

Javob berish