Nazarboyev 30 yillik iqtidordan soʻng isteʼfoga ketdi

Karvonsaroy

OSTONA – Qozogʻistonni soʻnggi 30 yil davomida boshqargan prezident Nursulton Nazarboyev seshanba (19-mart) kuni isteʼfo berganini eʼlon qildi. Bu haqda Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining qozoq xizmati xabar bergan.

78 yashar Nazarboyev isteʼfoga ketayotgani haqida xalqqa jonli telemurojaatida maʼlum qildi.

“Bu yil mening mamlakatdagi eng oliy lavozimni egallaganimga 30 yil toʻladi”, deb aytgan u BBC rus xizmati xabariga koʻra. “Xalq menga mustaqil Qozogʻistonning birinchi prezidenti boʻlishdek imkoniyatni taqdim etdi.”

BBCning xabar berishicha, endilikda Qosimjoʻmart Toʻqayev vaqtincha prezidentlik vazifasini bajaradi.

Nazarboyev sobiq SSSR boʻyicha shoʻrolar davrida hukumat tepasiga kelgan yagona rahbar boʻlib qolayotgan edi. U 1989-yilda amalda o‘sha vaqtdagi Sovet respublikasining hukmron lavozimi bo‘lgan Qozog‘iston kommunistik partiyasi bosh kotibi etib tayinlangan. 1990-yil aprel oyida u Qozog‘istoning birinchi prezidenti etib saylandi.

Konstitutsiyaga binoan, Nazarboyev prezidentlik lavozimini tark etganidan keyin ham millat yetakchisi va Xavfsizlik kengashining umrbod raisi bo‘lib qoladi, deb xabar bergan AFP.

Sizga maqola yoqdimi?

4
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha