http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/03/26/newsbrief-02

YXHT Qozogʻiston ayollarining huquq va imkoniyatlarini oshirishga koʻmaklashadi

Karvonsaroy

NUR-SULTON, Qozogʻiston – Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti (YXHT) Qozogʻiston tadbirkor ayollar uyushmasi bilan hamkorlikda xotin-qizlarning iqtisodiy huquqlari va imkoniyatlarini oshirish masalasiga bagʻishlangan davra suhbatini oʻtkazadi, deyiladi YXHT bayonotida.

Qozogʻistonning qishloq tumanlarida yashovchi ayollar masalasiga qaratilgan mazkur tadbir payshanba-juma (28-29 mart) kunlari Janubiy Qozogʻiston viloyatining Chimkent shahrida boʻlib oʻtadi.

Parlament aʻzolari, Chimkent shahar hokimiyati, fuqarolik jamiyati va ayollar huquqlari boʻyicha hukumat komissiyasi vakillaridan iborat 45 ishtirokchi xotin-qizlarning siyosiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish va tadbirkor ayollarning raqobatbardoshligini oshirish masalalarini muhokama qiladilar.

Tadbir YXHTning Qozogʻistonda gender tengligini taʼminlash hamda ayollarning huquq va imkoniyatlarini oshirishga koʻmaklashish saʼy-harakatlari doirasida oʻtkazilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha