Tojikistonda besh nafar ekstremistga hukm oʻqildi

Karvonsaroy

SOʻGʻD VILOYATI – Soʻgʻd viloyatining Bobojon Gʻafurov tumani sudi besh soʻgʻdlikni taqiqlangan guruhga aʼzolikda ayblab, qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar beradi “Asia-Plus” nashri juma (12-aprel) kuni.

Sudlanuvchilardan ikki nafari – 48 yashar Abdugʻani Bozorov va 35 yashar Murod Namozov Tojikistonda taqiqlangan salafiylik oqimi aʼzosi boʻlishgan.

Bozorov ekstremistik guruh faoliyatini tashkillashtirishda aybdor deb topilib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Namozov esa jinoyat haqida xabar bermagani uchun 1 yilu 2 oylik muddatga hukm qilindi.

Boshqa uch fuqaro Turkiston islom harakati (boshqa nomi Oʻzbekiston islom harakati - OʻIH) taqiqlangan guruhiga aʼzo boʻlishda ayblanib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilganlar.

35 yashar Yoqubjon Joʻraboyev va 28 yoshli Davlat Olimboyevlar ekstremistik guruh faoliyatini tashkillashtirishda ayblangan va har biriga besh yilliq qamoq jazosi belgilangan.

29 yashar Abduvali Yoʻlchiyevga esa jinoyat haqida xabar bermagani uchun 6 oylik qamoq jazosi berildi.

Sizga maqola yoqdimi?

3
0
Yo‘q
Fikrlar 1
Siyosat Captcha
Comment bubble | 2019-04-13

Jazo muddati kam berilibdi

Javob berish