http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/05/03/newsbrief-01?language_switcher=true

Dushanbeda oʻtkazilgan YXHT davra suhbatida sud organlarining mustaqilligi muhokama qilindi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) seshanba (30-aprel) kuni Dushanbeda sudlarning mustaqilligi masalasiga bagʻishlangan davra suhbatini oʻtkazdi.

Tojikistondagi sud tizimi mamlakat ichida hamda Suriya va Iroqda faoliyat olib borishda gumonlangan jangarilarni taʼqib qilib kelmoqda.

Dushanbedagi YXHT dasturlari idorasi va Xalqaro huquqshunoslar komissiyasi (ICJ) tomonidan tashkil etilgan tadbirda 30 nafar huquqshunos, yuridik mutaxassislar, sobiq sudyalar va prokurorlar ishtirok etdi.

ICJ bosh kotibi Saman Zarifi sud tizimi mustaqilligining xalqaro standartlari haqida soʻz yuritdi, fransiyalik sobiq sudya Martine Komte Fransiya sud tizimi tajribasi va oʻziga xosliklari bilan oʻrtoqlashdi.

“Mustaqil sud tizimi Tojikistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Biz juda koʻp tajribali sudyalar, prokurorlar va advokatlarning bu yerdagi huquqiy tizim oldida turgan imkoniyat va muammolarni bayon qilishdagi ochiqligini yuqori baholaymiz”, dedi Zarifiy.

“Biz ushbu foydali bahs-munozaralar xulosalarini kelajakdagi hisobotimizga kiritamiz, undan Tojikistondagi sud-huquq tizimining mustaqilligini mustahkamlashga oid tavsiyalar oʻrin oladi”, dedi u.

Xabarda aytilishicha, hisobot tojik hukumatining tegishli hamkorlar bilan muloqotiga oid axborotni oʻz ichiga oladi va kelajakda sud organlari mustaqilligining xalqaro standartlarini ilgari surishda fuqarolik jamiyatining tashviqot vositasi boʻlib xizmat qiladi.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha