Karvonsaroy

Qozogʻiston kuch tuzilmalari terrorni moliyalashtirishga qarshi kurashni oʻrgandi

Karvonsaroy

BURABAY, Qozogʻiston – 11-15-iyun kunlari Burabay qishlogʻida Nur-Sulton, Oqmola, Aqtoʻbe va Qaragʻandadan kelgan xavfsizlik kuchlari xodimlari uchun terrorni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha 5 kunlik seminar oʻtkazildi. Bu haqda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti dushanba (17-iyun) kungi bayonotida maʼlum qildi.

Trening YXHTning Transmilliy tahdidlarga qarshi kurash boʻyicha departamenti Nur-Sultondagi YXHT dasturlari idorasi, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining Global dasturi va YIning pul yuvish amaliyotlari va terrorizmni moliyalashga qarshi kurash guruhi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Mazkur seminar Markaziy Osiyoda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha milliy saʼy-harakatlarga koʻmaklashish boʻyicha koʻp yillik keng qamrovli dastur doirasida Germaniya hukumatining moliyaviy qoʻllovida tashkil etildi.

Oʻquv kursi Qozogʻistonning xalqaro standartlarga muvofiqligini mustahkamlashga qaratildi.

Treningda Qozogʻiston Moliyaviy monitoring qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik qoʻmitasining terrorga qarshi kurash markazi, Bosh prokuratura huzuridagi huquq-tartibot organlari akademiyasi va Davlat daromadlar qoʻmitasining 16 tahlilchi va amaliyotchilari ishtirok etdi.

Seminarda terrorni moliyalashga oid holatlarni tergov qilish va oldini-oldini olishda idoralararo hamkorlikning ahamiyati alohida taʼkidlandi. Kursning yarmidan koʻpi muayyan vosita va usullarni qoʻllovchi amaliy mashgʻulotlarga bagʻishlandi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500