Qirgʻiziston hukumati Hizb ut-Tahrir guruhiga aʼzo deb gumon qilingan 6 shaxsni qoʻlga oldi

Karvonsaroy

NORIN VILOYATI -- Qirgʻiziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (GKNB) payshanba (20-iyun) kuni taqiqlangan Hizb ut-Tahrir (HT) guruhiga aloqadorlikda gumon qilingan 6 kishini qoʻlga oldi, deb xabar bermoqda 24.kg nashri.

GKNB va ichki ishlar xodimlari Norin viloyatining Otboshi tumanida gumondorlarning uylarida tintuv oʻtkazgan.

Huquqni muhofaza qilish xodimlari HT adabiyotlari, qurol va oʻq-dorilar, kompyuter, telefon va sim-kartalarni musodara qilganlar.

GKNB xabariga koʻra, gumondorlar jinoyat kodeksining “ekstremistik tashkilot tuzish” moddasi boʻyicha javobgarlikka tortiladi.

Sizga maqola yoqdimi?

1
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha