Karvonsaroy

AQSH elchisi Oʻzbekiston bilan aloqalarni mustahkamlashga vaʼda bermoqda

Karvonsaroy

TOSHKENT – AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Daniyel Rozenblyum chorshanba (10-iyul) kuni Toshkentda ilk bor ommaviy axborot vositalari vakillari oldida chiqish qildi. U 9-may kuni qasamyodga keltirilgan edi.

Elchi AQSH va Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlar “har qachongidan ham aʼlo” ekanligini qayd etib, oʻz faoliyati davomida amalga oshirishni rejalashtirayotgan besh vazifani sanab oʻtdi.

Ushbu vazifalar xavfsizlik sohasidagi sheriklikni mustahkamlash, Oʻzbekiston hukumatining iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy islohotlarini qoʻllab-quvvatlash, inson huquqlarini himoya qilish, taʼlim, madaniy, ilmiy va ishbilarmonlik sohalarida ikki tomonlama almashinuvni kengaytirish va AQSH kompaniyalarini Oʻzbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga ragʻbatlantirishni oʻz ichiga oladi.

“Men Oʻzbekiston bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorligimizni chuqurlashtirishni istayman”, dedi Rozenblyum. “Bu nafaqat umumiy maqsadimiz boʻlgan Afgʻonistonda tinchlik va farovonlikni taʼminlash boʻyicha hamkorlikdagi ishlarni, balki zoʻravonlik ekstremizmi, transchegaraviy jinoyatchilik, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi va boshqa tahdidlarga qarshi kurashdagi hamkorlikni ham anglatadi.”

U Oʻzbekiston hukumatining soʻnggi yillarda majburiy mehnatni kamaytirish va diniy erkinliklarni mustahkamlash borasidagi yutuqlarini alohida eʼtirof etgan.

U “Amerika kompaniyalariga Oʻzbekistonda oʻz mahsulot va servislarini sotish hamda foydali investitsiya kiritishdagi imkoniyatlardan toʻliq foydalanishga yordam berishini” aytgan.

Rozenblyum “kelgusi oʻn yilliklarda ikki buyuk xalqlarimiz oʻrtasidagi munosabat ravnaq topishi uchun aloqalar tarmogʻini” barpo etishga bor kuchini ishga solishini maʼlum qilgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500