Karvonsaroy

Qozogʻiston va BMT rasmiylari ekstremizmga qarshi kurash loyihasini muhokama qildilar

Karvonsaroy

NUR-SULTON – Dushanba (19-avgust) kuni Nur-Sultonda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) delegatsiyasi va Qozogʻiston rasmiylari zoʻravonlik va ekstremizmga bardoshlilikni kuchaytirish (STRIVE) loyihasini muhokama qildilar, deb xabar berdi AKIpress Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligiga tayanib.

Vazirlik xabariga koʻra, Qozogʻistonning maxsus topshiriqlar boʻyicha vakili Stanislav Vasilenko BMT delegatsiyasi bilan loyihani amalga oshirish tafsilotlarini koʻrib chiqqan. Vasilenko shuningdek, oʻz mamlakatining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili hisoblanadi.

Loyihaning asosiy maqsadi – hukumatlar, xavfsizlik idoralari, fuqarolik jamiyati, ilmiy doiralar va ommaviy axborot vositalarining koʻp tomonlama yondashuvlari orqali kelgusi toʻrt yil ichida Markaziy, Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyoda jangovar ekstremizmning oldini olish va unga qarshi kurashdir.

Loyiha mualliflariga koʻra, jangovar ekstremizmning tarqalishi mintaqaviy tinchlik va xavfsizlikka rahna soladi va uni faqat hamkorlikdagi saʼy-harakatlar yordamida bartaraf etish mumkin.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500