Karvonsaroy

Ukrainada jangari guruh safiga qoʻshilishda gumonlangan qirgʻizistonlik ayol hibsga olindi

Karvonsaroy

ODESSA, Ukraina – Ukrainalik chegarachilar noqonuniy qurolli guruhlardan biriga aʼzolikda gumon qilingan qirgʻiz ayolini qoʻlga oldilar. Bu haqda AKIpress axborot agentligi Ukraina davlat chegara xizmatiga tayanib xabar tarqatgan.

Seshanba (20-avgust) kuni qoʻriqchilar Odessa xalqaro aeroportida 24 yashar ayolni qoʻlga olganlar. U “Islom davlati”ning koʻplab aʼzolari yoki bu guruhga qoʻshilishni istaganlar uchun tranzit mamlakat hisoblanuvchi Turkiyadan uchib kelgan.

Ayol qariyb ikki yildan beri Qirgʻiziston huquq-tartibot idoralarining qidiruvida boʻlgan. Ukraina kuch tuzilmalari Interpolning noqonuniy qurolli tuzilmalarga aʼzolikda gumon qilinganlar roʻyxatida uning ismi borligini payqab qolganlar.

U hozirda Ukrainada hibsda saqlanmoqda. Unga nisbatan Qirgʻiziston huquq-tartibot idoralarining rejalari borasida maʼlumot berilmagan.

2013-yildan beri yuzlab qirgʻizistonliklar Suriya va Iroqdagi ID safiga qoʻshilganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500