Amerika Qo‘shma Shtatlari Markaziy Qo‘mondonligi (USCENTCOM) tomonidan homiylik qilinadigan Caravanserai saytining maqsadi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kelishuvlar orqali takomillashgan mintaqaviy barqarorlikni oshirishga qaratilgan harakatni ifoda etishdir. Karvonsaroy saytida shuningdek, mintaqada terrorchilik faoliyatining tarqalishi va terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashga to‘sqinlik qiladigan voqealarni yoritishga maqsad qilingan. Ushbu veb-saytda mintaqadagi yangiliklar yoritib berilishi bilan bir qatorda, saytning o‘z muxbirlari yozgan tahliliy maqolalar, intervyular va sharhlari berib boriladi. Bu sayt mintaqaviy auditoriyaga istiqbolda mintaqada barqarorlikka erishish bo‘yicha keng ko‘lamli axborot taqdim etadigan Internet portali sifatida yaratilgan.
Havolalar yuzasidan ogohlantirish
AQSH hukumati qo‘l ostida bo‘lmagan tashqi saytlarga Caravanserai saytidagi havolalar, shuningdek saytda savdo belgilari, firma va korporatsiyalar nomlaridan foydalanish faqat foydalanuvchilar qulayligi uchun taqdim etiladi. Bunday foydalanish xususiy sektorga tegishli biror sayt, mahsulot yoki xizmatlarning rasmiy ravishda AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan homiylik qilinishi yoki uni tasdiqlashini anglatmaydi. AQSH Mudofaa vazirligi tashqi veb-saytlarning mazmuni bo‘yicha hech qanday tahririy nazorat qilmaydi. Barcha havolalar ushbu saytning belgilangan maqsadlariga muvofiq joylashtiriladi. Caravanserai saytiga qilinadigan barcha havolalar iliq qarshilanadi.
Mualliflik huquqlari
Mualliflik huquqi talab qilingan holatardan tashqari, ushbu veb-saytda joylashtirilgan ma’lumotlar jamoat mulki hisoblanadi, ulardan bemalol nusxa ko‘chirish va tarqatish mumkin. Ushbu saytdan olingan ma’lumot manbaasiga havola qilish qo‘llab-quvvatlanadi. Agar fotosuratlar, grafik ma’lumotlar yoki saytning boshqa materiallarida mualliflik huquqi ta’kidlangan bo‘lsa, bunday materiallardan nusxa olish faqat dastlabki manbaa ruxsati bilan amalga oshirilishi zarur.
Javobgarlikdan voz kechish
Saytning xodimlari Caravanserai veb-saytida joylashtirilgan ma’lumotlarning to‘g‘ri va to‘liq bo‘lishini ta’minlash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradilar. Shu bilan birga, ko‘pincha saytga qisqa muddat ichida yuklanadigan materiallar hajmini hisobga olgan holda, biz unda nashr etiladigan ma’lumotlarning to‘g‘riligini kafolatlay olmaymiz.
AQSH hukumati, AQSH Mudofaa vazirligi, ularning xodimlari yoki pudratchilar Caravanserai saytida e’lon qilingan materiallarga nisbatan hech qanday bevosita yoki bilvosita kafolatlar, jumladan, savdo sifati kafolati va muayyan maqsadga muvofiqligi kafolatini bermaydi.
AQSH Mudofaa vazirligi, shuningdek, Caravanserai sayti materiallarini tayyorlash, ishlab chiqarish va tarqatishda ishtirok etgan boshqa yuridik shaxslar saytga tashrif buyuruvchilarga taqdim qilinadigan ma’lumotlardan har qanday noto‘g'ri, noqonuniy yoki firibgarlik maqsadida foydalanishdan kelib chiqadigan har qanday javobgarlikdan bosh tortadi. Bundan tashqari, AQSH Mudofaa vazirligi ham, uning pudratchilari ham saytdagi materiallardan har qanday noto‘g'ri, noqonuniy yoki firibgarlik maqsadida foydalanishdan kelib chiqadigan biror moliyaviy yoki boshqa oqibatlari yuzasidan hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Caravanserai saytidagi materiallar bilan tanishish yoki ulardan foydalanish yuqorida ko‘rsatilgan ogohlantirishga avtomatik tarzda to‘liq rozi bo‘linganlikni nazarda tutadi.
Maxfiylik va xavfsizlik bayonoti
AQSH Mudofaa vazirligi qaysi axborotning eng qiziqarli yoki qiziqarsiz ekanini baholash yoki tizim samaradorligi ko‘rsatkichlarini aniqlash yoki muammoli sohalarni yuzaga chiqarish imkonini beruvchi umumiy statistik ma’lumotlarni olish uchun dasturiy ta’minotdan foydalanadi. Caravanserai saytiga tashrif buyurganingizda quyidagi ma’lumotlar to‘planadi: siz Caravanserai ga kiradigan internet domeni nomi va saytga kirilgan sana hamda vaqt. Agar siz elektron pochta xabari orqali Caravanserai ga shaxsiy ma’lumot yo‘llashni tanlasangiz, biz bundan faqat sizning elektron pochtangizga javob berish uchun foydalanamiz.
Sayt xavfsizligi va barcha foydalanuvchilar uchun bu resursdan foydalanish imkoniyatini ta’minlash maqsadida, AQSH Mudofaa vazirligi ruxsatsiz yuklashlarga urinishlar, ma’lumotlarni o‘zgartirish yoki boshqa yetkaziladigan zararlarni aniqlash uchun dasturiy ta’minotdan foydalanadi. Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan rasmiy tergov o‘tkazishda ushbu kuzatuv natijasida to‘plangan ma’lumotlardan foydalanilishi mumkin. Ruxsatsiz yuklashlarga urinishlar va ma’lumotlarni o‘zgartirish qat’iyan taqiqlanadi va 1986-yilda qabul qilingan Computer Fraud and Abuse Act (Kompyuter qallobligi va suiste’mol to‘g‘risidagi Federal Qonun) va Amerika Qo‘shma Shtatlari Majmuaviy Qonunlarining (U.S.C. Sec.) 18-bo‘lim 1001- va 1030-bandlariga muvofiq jazolanishga sabab bo‘lishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan maqsadlardan tashqari, foydalanuvchilarning shaxsi yoki ularning sayt materiallaridan foydalanish xarakteri boshqa yo‘llar bilan aniqlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Batafsil axborot
Bu erda keltirilgan ma’lumotlarga oid savollaringiz yoki sharhlaringiz bo‘lsa, Aloqa bo‘limidagi ma’lumotlarga tayanib bizga elektron xabar yo‘llang.