Karvonsaroy

Karvonsaroyda fikr-mulohaza bildirish qoidalari

Fikr-mulohaza bildirish veb-saytni takomillashtirishga yordam beradi va o‘quvchilar uchun muhokama maydoni sifatida xizmat qiladi. Biz fikr-mulohaza bildirish qoidalarini joriy etdik va unga rioya qilasiz degan umiddamiz. O‘z fikr-mulohazangizni yozib qoldirishingiz ushbu qoidalarni qabul qilganligingizdan dalolat beradi. Biz sizni keng qamrovli mavzularda muhokama olib borishga undaymiz va bildirilgan fikrlar muallifning nuqtai nazari va qarashlarini aks ettirishini yodda tutishingizni iltimos qilamiz. Biz har doim ham ushbu mulohazalarda ifoda etilgan g‘oyalar, qarashlar yoki fikrlarni qo‘llab-quvvatlamaymiz, ammo siz – o‘quvchilarimizga o‘zingizni qiziqtirgan mavzularni muhokama qilishingiz uchun ushbu forum orqali sharoit yaratib beramiz.

1. Forum moderator tomonidan nazorat qilinadi. Karvonsaroy fikr-mulohazalarni kuzatib boradi va mavzuga aloqador bo‘lmagan kontentni o‘chirib tashlash, tahrir qilish yoki o‘zgartirish huquqiga ega.

2. Karvonsaroyda fikr-mulohaza qoldirish bilan siz ushbu qoidalarda ko‘rsatilgan shartlarni tasdiqlagan va ularga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

3. Karvonsaroy qabul qilib olgan barcha xatlar, agar yozuvchinig dastlabki maktubida boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa, saytga chiqarish uchun mo‘ljallangan deb qabul qilinadi.

4. Fikr-mulohazalar Markaziy Osiyo aholisi uchun mo‘ljallangan. Karvonsaroyning xabar va maqolalariga oid mulohazalar – fikr almashish va ahamiyatli mavzulardagi ochiq muloqot – madaniyatli va shaffof tarzda barcha o‘quvchilar ko‘rishlari uchun mo‘ljallangan.

5. Karvonsaroy barcha fikr-mulohazalarni kontent sababli tahrir qilish huquqiga ega. Qoldirilgan fikr-mulohazalar Karvonsaroy xabarlari va maqolalarida yoritilgan mavzuga oid bo‘lishi shart.

6. Haqoratomuz, tajovuzkor yoki tahqirlovchi, irqchilik va shu kabi ruhdagi fikr-mulohazalar chop etilmaydi. Har qanday sharh qoldiruvchi tomonidan kimnidir yerga uruvchi, haqoratli, shaxsiyatga qaratilgan, irqchilik, zo‘ravonlik va tahdidlarga da’vat qiluvchi fikr-mulohazalar saytga chiqarilmaydi.

7. Tijorat tashkilotlari uchun mo‘ljallagan yoki ularga tegishli bo‘lgan tijoriy faoliyatni reklama qiluvchi fikr-mulohazalar saytga chiqarilmaydi.

8. Karvonsaroy fikr-mulohazalarni nazorat qilish, tahrirlash, senzuralash majburiyatini yoki ular uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Bu uning fikr-mulohaza bildirish qoidalariga xilof bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin. Fikr-mulohaza bildiruvchilar yozgan matnlari qonun va belgilangan ko‘rsatmalarga muvofiq bo‘lishini ta’minlashlari zarur.

9. Biz saytga chiqarishdan avval fikr-mulohazalardan shaxsiy e-pochta manzillarini olib tashlaymiz.

Fikr-mulohaza qoldirishga oid tez-tez so‘raladigan savollar

Karvonsaroyda qoldirilgan mulohazalar fikr almashish va ochiq muloqot olib borish uchun mo‘ljallangan.

Nima uchun o‘quvchilarning fikr-mulohazalarini moderator kuzatib boradi?

Maqsadimiz – barcha o‘quvchilar uchun mustaqil fikr-mulohaza bildirishni ta’minlab berish. Biz yozib qoldirilgan mulohazalarni kuzatish orqali yangiliklarimiz va ma’lumotlarimiz sifatini yaxshilash uchun xizmat qiladigan, o‘quvchilarimizga ziyoli va ma’lumotga boy fikr-mulohazalar bilan almashishga imkon beruvchi maydonni yaratdik.

Agar fikr-mulohazalar qoidalarga xilof kelmaydigan va o‘rinli bo‘lsa, ularning aksariyati chop etiladi (nazorat subyektiv bo‘ladi). Biz ularni iloji boricha ehtiyotkorlik va izchillik bilan nazorat qilamiz.

Sharhlar qanday bo‘lishi kerak?

Biz maqsadga muvofiq va xushmuomalalik bilan ifodalangan turli mavzudagi fikr-mulohazalarni qadrlaymiz. Biz muhokamalarni bir o‘quvchi yoki bir necha o‘quvchilar tomonidan qoldirilgan, takrorlanuvchi fikrlardan himoyalashga harakat qilamiz. Biz Karvonsaroy uslubiga oid standartlarga amal qilamiz.

Biz qabul qila olmaydigan bir necha turdagi sharhlar bor, bular: shaxsiyatga qaratilgan hujum (o‘quvchi yoki mualliflar tomonidan), so‘kinish, qo‘pollik, behayo so‘zlar (harflar o‘rniga belgilarni qo‘llash ham shular jumlasidan), reklama e’lonlari, qalloblik, ma’nosiz gap-so‘zlar va BAQIRISHLAR. Shuningdek, biz fikr-mulohazalarda qoldirilgan havolalarni Karvonsaroy standartlarga mosligini tekshiramiz va kerak bo‘lgan hollarda ularni tahrir qilamiz.

Fikr-mulohazalar tahrir qilinadimi?

Odatda, fikr-mulohazalar tahrir qilinmaydi. Shunday bo‘lsa-da, Karvonsaroy fikr-mulohazalarni ularning tarkibi, aniqligi, mavzuga aloqadorligi va uzunligini inobatga olgan holda tahrir qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Karvonsaroyga nisbatan tanqidiy fikrlarga qanday qaraysiz?

Biz o‘z faoliyatimizga oid tanqid va asosli fikrlarni olqishlaymiz, ammo fikr-mulohazalar faqat bizning faoliyatni tanqid qilish bilan bog‘lanib qolishini istamaymiz va mos ravishda ularni tahrir qilamiz.

Yana nimalarni bilishimiz kerak?

Karvonsaroyda fikr-mulohazalarni chop etishga yuborish ushbu qoidalarni qabul qilganingiz va ularga rozillik bildirganingizni anglatadi. Ushbu qoidalar biror ogohlantirishsiz, istalgan vaqtda o‘zgartirilishi mumkin.