Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2017-12-05 | Diplomatiya

Oʻzbekiston va Afgʻoniston “barcha sohalarda” hamkorlik qilishga rozilik bildirdi

Afgʻoniston Prezidenti Ashraf Gʻani (chapda) va Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev (oʻngda) Prezident Gʻanining 5-dekabr kuni Toshkentga amalga oshirgan tashrifi davomida 60 dan ziyod kelishuv va savdo shartnomalarining imzolanishini kuzatmoqdalar [Afgʻoniston Prezidenti Saroyi]

Karvonsaroy

TOSHKENT – Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Afgʻoniston Prezidenti Ashraf Gʻani seshanba kuni (5-dekabr) Gʻanining Toshkentga qilgan rasmiy safari chogʻida 20 ta hamkorlik boʻyicha kelishuv va 40 ta eksport shartnomaning imzolanishi jarayonida ishtirok etdilar.

Mirziyoyev matbuot xizmatining xabariga koʻra, kelishuvlar, boshqa masalalar qatori iqtisodiy, tranzit, xavfsizlik, elektr energiyasini uzatish, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, ta'lim va ilmiy masalalardagi aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Eksport shartnomalarining hajmi 500 million dollardan kattaroq qiymatda baholanmoqda.

Afgʻoniston Prezidenti Ashraf Gʻani 5-dekabr kuni Toshkentga amalga oshirgan tashrifi davomida Mustaqillik va ezgulik haykali poydevoriga gullar qoʻymoqda. [Oʻzbekiston Prezidentining matbuot xizmati]

TOLOnews xabariga koʻra, “Toshkent Afgʻoniston bilan barcha masalalarda, jumladan, iqtisodiy va xavfsizlik aloqalari boʻyicha hamkorlik qilishga yuqori darajada e'tibor qaratadi”, degan Mirziyoyev qoʻshma matbuot anjumanida. “Ikki davlat oʻrtasida imzolangan hamkorlik boʻyicha kelishuvlar qiymati millionlab dollarni tashkil qiladi”.

Ikki davlat rahbarlari shuningdek Oʻzbekistonning Termiz shahri va Afgʻonistonning Hayraton shaharlarini birlashtiruvchi Afgʻon-Oʻzbek Doʻstligi koʻprigi xavfsizligini ta'minlash boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

Oʻzbekiston Afgʻonistonda yana bir konsulligini ochishni rejalashtirgan, dedi Mirziyoyev.

“Afgʻoniston hukumati va xalqi Oʻzbekistonni savdo sherigi sifatida koʻrishni xohlaydi va bu hol ikki davlat uchun ham foydalidir”, dedi Gʻani matbuot anjumanida va “2018-yil maqsadlarimizni amalga oshiradigan yil boʻladi” deya qoʻshimcha qildi.

Mirziyoyevning soʻzlariga qaraganda, birgalikda tuzilgan komissiya ikki davlat oʻrtasidagi kelishuvlarning amalga oshirilishini nazorat qiladi. Mirziyoyev, shuningdek, Gʻanining Afgʻonistonni ziyorat qilish toʻgʻrisidagi taklifini qabul qildi.

Ikki mamlakat orasidagi munosabatlar sezilarli darajada iliqlashdi.

Afgʻon aviakompaniyalaridan biri Kam Air, 29-noyabr kuni Kobul shahridan Toshkent shahriga oʻzining ilk parvozini amalga oshirdi.

Oʻzbekiston shuningdek ikki davlat oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan sa'y-harakatlarning bir qismi oʻlaroq Termiz tumanida Afgʻon fuqarolarini oʻqitishga moʻljallangan ta'lim markazini ochishni rejalashtirmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 13

Fikrlar

* Majburiy
Captcha