Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-01-03 | Iqtisodiyot

Markaziy Osiyo rahbarlari 2018-yil taraqqiyot yili bo‘lishiga va’da berdilar

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev (o‘ngda) va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-mart Ostonada bo‘lib o‘tgan hujjatlarni imzolash marosimi chog‘ida. Mintaqa rahbarlari 2017-yilni og‘ir, ammo muvaffaqiyatli yil deb atadilar. (Ilyas Omarov/AFP)

Karvonsaroy

OSTONA/TOSHKENT/BISHKEK – Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari o‘tgan yilgi yutuqlarni yuqori baholab, yangi yil arafasidagi o‘z xalqlariga atalgan tabrik murojaatlarida 2018-yil uchun rejalarni e’lon qildilar.

“2017-yil voqealarga boy, faol va yorqin yil bo‘ldi”, dedi tabriknomada Qozog‘iston prezidenti Nazarboyev, deb xabar beradi Kazinform dushanba, 1-yanvar kuni.

“Biz Olmaotadagi Qishki universiadani hayajon va zavqqa to‘la holatda o‘tkazdik”, dedi u. “Biz Qozog‘istonning nufuzi va bilimini yanada yuqori darajaga ko‘targan Xalqaro ko‘rgazma – EXPO-2017 pavilyonlarida kelajakni ko‘rdik.”

2017-yilda davlat “global e’tirof va hurmatga sazovor bo‘ldi”, shu bilan birga Qozog‘iston fuqarolari hayotining barcha sohalaridagi sharoitlarni yaxshiladi, deb qo‘shimcha qildi u.

Konstitutsiyaviy islohot hukumat va parlament rolini oshirdi, yangi sanoat loyihalari ishga tushirildi va mamlakatning o‘tish davri salohiyati va raqamlashtirish jadallashdi”, deb qayd etdi u.

“Nafaqalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar oshdi”, dedi u. “Bular sezilarli yutuqlardir.”

“O‘tgan yil og‘ir kechganiga qaramay, umumiy hisobda u ijobiy bo‘ldi”, dedi Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov 30-dekabr kuni, bu haqda 24.kg prezident matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi. “2017-yil mamlakat hayotidagi barcha sohalarda sezilarli o‘sish va ahamiyatli natijalar bilan yakunlanmoqda.”

O‘tgan yili “ba’zi muammolar va qiyinchiliklarga qaramay, xalqimizning fidokorona mehnati sababli O‘zbekiston uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi”, deb ta’kidladi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev UzDaily nashrining dushanba kuni bergan xabariga ko‘ra.

“Xalqqa xizmat qilish biz uchun asosiy hayotiy tamoyilga aylandi”, dedi u.

O‘tgan yil tashqi aloqalarni rivojlantirishda, ayniqsa qo‘shnilar bilan munosabatlarni kuchaytirishda samarali bo‘ldi, deb qo‘shimcha qildi u.

“Bu mintaqamizda o‘zaro ishonch, do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”, dedi u.

Yangi yilda yangi rejalar

Uch prezident 2018-yildan kutayotgan umidlarini bayon etdilar.

2018-yilni Mirziyoyev “faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nomladi.

Asosiy vazifa “mamlakatda tinchlik va barqarorlik, millatlararo va fuqarolik totuvligini” kuchaytirish, dedi u.

“2018-yilda o‘zimiz uchun belgilab olgan yangi boshqichlarga barchamiz fidokorona mehnatimiz bilan erishishimizga ishonaman”, dedi Mirziyoyev.

“Yangi cho‘qqilarga faqat birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz orqali erishamiz”, dedi Qozog‘iston rahbari Nazarboyev. “Kelayotgan yilda gullab-yashnagan Qozog‘istonni barpo etishda yordam beradigan o‘zgarishlar yo‘lida davom etamiz.”

“2018-yil uchun ulkan vazifalar bor – birgalikda mamlakatni rivojlantiraiz, barqarorlikni kuchaytiramiz va Qirg‘iz xalqining ijtimoiy hamda iqtisodiy holatini yaxshilaymiz”, dedi Jeenbekov.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 12

Fikrlar

* Majburiy
Captcha

1 ta fikr…

Исломжон | 2018-04-01

Prezidentimizga rahmat