Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-01-01 | Iqtisodiyot

Keskin iqtisodiy o‘sish 2018-yil Markaziy Osiyo uchun muvaffaqiyatli kelishidan darak bermoqda

Ostonadagi EXPO-2017 ko‘rgazmasiga tashrif buyurganlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan innovatsion avtomobillarni ko‘zdan kechirmoqda. (O‘zekspomarkaz)

Maksim Yeniseyev

MARKAZIY OSIYO – Tahlilchilarning fikricha, Markaziy Osiyo mintaqasidagi barqarorlik va xavfsizlik Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonga o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik aloqalari o‘rnatish imkonini berdi.

Jahon Bankining oktabrda e’lon qilingan bayonotiga ko‘ra, Markaziy Osiyodagi yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sishi 2017-yilda 2,2 foizga yetadi va “mintaqada 2011-yildan beri eng katta o‘sish bo‘ladi”.

Hukumat manbalari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yilda yalpi ichki mahsulot o‘shishi Qozog‘istonda 4 foiz va Qirg‘izistonda 6 foizga teng bo‘ladi. O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti esa 2017-yilning yanvar-sentabr oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,3 foizga oshdi. Tojikistonda ushbu ko‘rsatkichning o‘sishi 2016-yilning birinchi choragi bilan taqqoslaganda 6,5 foizni tashkil etdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev (o‘ngdan ikkinchi) 19-sentabr kuni Nyu-Yorkda Amerika tadbirkor doiralari rahbarlari bilan ehtimoliy kelishuvlarni muhokama qilmoqda. (O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati)

Tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, siyosatchilar va biznes egalari import va eksportni uzoq mamlakatlarga emas, balki mintaqaviy bozorlarga yo‘naltirish istagida bo‘lishgan.

Mazkur yo‘nalishdagi voqealarning eng asosiysi Ostonadagi EXPO-2017 ko‘rgazmasi bo‘ldi – Markaziy Osiyodagi har bir davlatning sanoat mahsulotlari namoyishiga aylangan ushbu tadbirga iyun-sentabr oylari davomida 2,2 million kishi tashrif buyurdi.

Juda ko‘p yo‘nalishlarda bunday rivojlanish sabab iqtisodchilar 2018-yilda Markaziy Osiyo uchun omadli kelishini bashorat qilmoqdalar.

Jahon Banki prognozlariga ko‘ra, 2018-yilda mintaqa iqtisodiyoti o‘sishda davom etadi va yil oxirigacha 2,7 foizga yetadi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoga xorijiy investitsiyalarni jalb qilmoqchi

Aholi soni bo‘yicha mintaqadagi yetakchi davlat bo‘lgan O‘zbekiston, ayniqsa, 2017-yilda o‘tkazgan iqtisodiy islohotlaridan so‘ng investorlar e’tiborini o‘ziga torta boshladi.

“O‘zbekistonda cheralarning ochilishi va (xorijiy sarmoyadorlar uchun) bojxona to‘lovlarining olib tashlanishi Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyotning butunlay yangi davrini boshlab berdi”, deydi toshkentlik iqtisodchi Shukrullo Mavlonov Karvonsaroy bilan suhbatda.

“Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida chegaralarni demarkatsiya qilishga oid muvaqqat kelishuv hamda Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslaring qayta yo‘lga qo‘yilishi – o‘sish kutilganidan ko‘proq bo‘lishiga ishora qilmoqda,” deyiladi Jahon Bankining oktabr oyida e’lon qilingan bayonotida.

O‘zbekiston mintaqa markazida joylashgan va barcha strategik iqtisodiy yo‘nalishlar uning hududidan o‘tadi, dedi Mavlonov va yirik xalqaro kompaniyalarning investitsiyalari qo‘shni davlatlar iqtisodiyotiga ham ijobiy ta‘sir ko‘rsatishini qo‘shimcha qildi.

“General Motors (GM) kompaniyasining Qirg‘izistonda kengaytirilishiga oid so‘nggi yangiliklar ham buni tasdiqlaydi”, dedi u.

Amerikaning yirik avtomobil giganti bo‘lgan GM O‘zbekistonda anchadan beri faoliyat yuritadi.

2018-yilda GM Uzbekistan Qirg‘izistonning uchta shahri – O‘sh, Bishkek va Qora-Boltada avtomobil yig‘ish zavodlarini ishga tushiradi, deb xabar berdi kompaniyaning savdo va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha direktori Jahongir Tillayev 26-dekabr kuni Qirg‘izistonning Maral radiosiga bergan intervyusida.

Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish

Sentabr oyida O‘zbekiston va Qozog'iston rasmiylari umumiy qiymati 1,2 milliard dollarlik shartnomalarni imzoladi. Ushbu bitimlar 2017-yilda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi eng yirik bitimlardir. Qozog‘iston korxonalari O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va avtomobil sanoatiga sarmoya kiritmoqchi.

Oktabr oyida Toshkentda O‘zbekiston va Tojikiston rasmiylari 27,1 million dollarlik shartnomalarni imzoladilar. Ularning aksariyati O‘zbekistonning Tojikistonga eksportini o‘z ichiga oladi.

O‘zbekiston Qirg‘izistonga shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini ham eskport qilmoqchi. 13-dekabr kuni Toshkentda ikki mamlakat tadbirkorlari umumiy qiymati 140 million dollarga teng shartnomalarni imzoladilar.

O‘zbekistonning rivojlanib borayotgan iqtisodiyoti, shuningdek, 2017-yilning eng yirik iqtisodiy bitimlaridan biri uchun ham mas’uldir.

Sentabr oyida, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga rasmiy tashrifi chog‘ida O‘zbekiston ham Amerika ishbilarmon doiralari o‘rtasida umumiy qiymati 2,6 milliard dollarga teng shartnomalar imzolandi.

Ushbu bitimlarning aksariyati O‘zbekistonga investitsiya kiritilishini ko‘zda tutadi, ammo ayrimlari O‘zbekistondan mahsulot eksportiga ham taalluqli. Jumladan, noyabr oyida O‘zbekiston Amerika Qo‘shma Shtatlariga qovun eksport qilishni boshlagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar

* Majburiy
Captcha

1 ta fikr…

Ilhomjon | 2018-01-07

O‘zbekistonda xalqning bandligini ta’minlash zarur, buning uchun viloyatlardagi fermer xo‘jaliklarida ishchilar sonini gektariga qarab belgilash kerak, masalan, 100 gektar yeri bor odamga kamida 50 kishilik shtat ochish kerak va ularga yaxshigina oylik maoshi to‘lash kerak, eng kam ish haqining 4 baravarida kamida, shunda qishloq aholisining yashash sharoiti yaxshilanadi, buning uchun fermerlarni ishbilarmon qilib tayyorlash kerak, ular faqat o‘zini o‘ylamasin.