Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-08-01 | Biznes

Xo‘janddagi savdo yarmarkasi Markaziy Osiyolik hamkorlar uchun “imkoniyatlar vodiysini” taqdim etmoqda

So‘g‘d viloyati hokimi Rajabboy Ahmadzoda 2018-yil So‘g‘d xalqaro savdo yarmarkasida taqdim etilgan sabzavotlarni ko‘rsatmoqda, Xo‘jand, 6-iyul. (Negmatullo Mirsaidov)

Negmatullo Mirsaidov

XO‘JAND – Xo‘jandda har yili o‘tkaziladigan “So‘g‘d: Imkoniyatlar vodiysi” xalqaro savdo yarmarkasi bu yil Tojikiston va O‘zbekiston tadbirkorlariga muloqot va savdo aloqalarini kengaytirish uchun imkoniyat yaratib berdi.

6-7-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan yarmarka ikki mamlakat o‘rtasida rivojlanib borayotgan hamkorlik belgisidir, deyda tahlilchilar.

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, tadbir nafaqat turli mahsulotlar ko‘rgazmasi, balki ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va sarmoyadorlar o‘rtasida keng muloqot maydoniga aylangan.

O‘zbekistonning “Ideal” poyabzal ishlab chiqarish korxonasining rahbari Akram Karimov (chapda) So‘g‘d-2018 xalqaro yarmarkasida mehmonlar bilan suhbatlashmoqda, Xo‘jand, 6-iyul. (Negmatullo Mirsaidov)

Savdo orqali tinchlik va barqarorlik

“Bizning vazifamiz o‘z imkoniyatlarimiz va qiziqarli sarmoyatalab loyihalarni namoyish qilish, ayniqsa, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan bo‘lgan tadbirkorlar uchun muloqot maydonini yaratish”, deydi Su‘g‘d viloyati hokimi o‘rinbosari Anvar Yakubiy Karvonsaroy nashriga.

“Savdo tinchlik va barqarorlikka erishishning eng samarali yo‘lidir”, dedi u. “Bizda yaxshi transport yo‘llari, erkin savdo rejimi, shuningdek, ulkan intellektual salohiyat mavjud.”

“Biz Afg‘oniston bilan savdoni rivojlantirishga va bu mamlakat aholisi uchun urush hamda narkotiklardan boshqa imkoniyatlarning yaratilishiga qarshi emasmiz”, dedi Yakubiy.

Bu yil Xo‘jandga yarmarkada ishtirok etish uchun 14 mamlakatdan 300 dan ortiq mehmon keldi. Bu mamlakatlar orasida O‘zbekiston, Germaniya, Polsha, Makedoniya, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va Janubiy Koreya bor.

“Ishtirokchilarning yarmidan ko‘pi o‘zbekistonlik tadbirkorlar edi”, dedi yarmarkani tashkil etgan qo‘mita a’zosi Shuhrat Qodirov. “Toshkent, Xorazm, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Marg‘ilon va Andijon shaharlaridan 65 korxona o‘z mahsulotlarini namoyish etish uchun olib kelgan.”

Tojikiston-O‘zbekiston: rivojlanayotgan aloqalar

Tadbir doirasida Tojikiston va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari umumiy qiymati 8 million dollardan ziyod 40 dan ortiq shartnoma, shuningdek, hamkorlik niyati bildirilgan bir nechta nomalarni imzoladilar, deb xabar berdi tashkilotchilar.

Imzolangan shartnomalar O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi hamkorlik va savdoni yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradi, deb ta’kidlamoqdai tahlilchi va tadbirkorlar.

“Qo‘shnilarimiz O‘zbekistonda juda ko‘p ishlab chiqariladigan, ammo Tojikistonda zavodlar yetishmasligi sabab chetdan keltiriladigan tekstil, kimyo, oziq-ovqat, avtomobil sanoati va xo‘jalik mahsulotlarini keng miqyosda namoyish etdilar”, dedi Qodirov.

Tadbir Tojikiston prezidenti Emomali Rahmoning O‘zbekistonga 17-18-avgust kunlariga belgilangan tashrifi oldidan o‘tkazildi.

Rasmiy tashrif ikki davlat o‘rtasida va umuman butun mintaqada rivojlanib borayotgan iqtisodiy hamkorlikka “yangi turtki” beradi, dedi tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasining a’zosi Dilshod Mengliyev.

“Tojikiston va boshqa qo‘shni mamlakatlar bilan savdo aloqalari olib borish manfaatli, chunki ortiqcha xarajatlarni talab qilmaydi, bundan tashqari, Buyuk Ipak Yo‘liga borib taqaladigan an’analar ham mavjud”, dedi Toshkent viloyat savdo-sanoat palatasi rahbari muovini Dilshod Mengliyev Karvonsaroy nashriga.

Mart oyida prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amalga oshirgan tashrifi va ikki davlat o‘rtasida chegaralarning ochilishidan keyin boshlangan ijobiy tendensiyani mustahkamlash uchun Tojikiston bilan aloqalarni rivojlantirish muhim”, dedi u.

Joriy yilning ilk olti oyi davomida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi savdo hajmi 150-180 million AQSH dollariga yetdi, dedi Mengliyev.

Tojikiston O‘zbekistonga asosan sement va elektr energiyasi yetkazib beradi, O‘zbekiston esa tabiiy gaz, qurilish mollari, mineral o‘g‘itlar va to‘qimachilik mahsulotlari bilan ta’minlaydi, dedi u.

“Agar biz mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalansak raqamlar bundan ancha yuqori bo‘lishi mumkin”, deb qo‘shimcha qildi u.

Transport yo‘laklari mintaqaviy savdoni kuchaytiradi

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida transport aloqasini yaxshilash xorijiy savdo va mintaqaviy hamkorlikni ham rivojlantirishga yordam beradi, deydi tahlilchilar.

Tojikiston Butunjahon Iqtisodiy forumining 2017-2018-yillar uchun global raqobatbardoshlik indeksida jahonning 137 mamlakati ichida yo‘l sifati bo‘yicha 70-o‘rinda qayd etilgan. Bu Markaziy Osiyo mamlakati orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Tojikiston mustaqillikka erishganidan keyin barpo etilgan zamonaviy xalqaro transport yo‘laklari tashqi savdo hajmini oshirish uchun ulkan salohiyatga ega va o‘zbekistonlik tadbirkorlarga Afg‘oniston, Pokiston va Hindiston kabi bozorlarga kirishga imkon beradi.

“Qadimgi savdo an’analariga ega Xo‘jand yo‘llar chorrahasida joylashgani sabab, geografik jihatdan qulayligi bilan ajralib turadi”, deydi xo‘jandlik iqtisodchi Azizullo Avezov.

“Shahar nafaqat yirik iqtisodiy forumlar o‘tkaziladigan joy, balki shimol va janub, sharq va g‘arb o‘rtasida muhim savdo bo‘g‘iniga aylanishi mumkin”, dedi u Karvonsaroyga.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 2

Fikrlar

* Majburiy
Captcha