Karvonsaroy
Siyosat

Mirziyoyev Miliy xavfsizlik xizmatini isloh qilishda davom etmoqda

Karvonsaroy

O‘tgan yil 22-dekabr kuni qonun chiqaruvchilar, diplomatlar va jurnalistlarga 4 soatlik murojaatnomasida prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) 26 yil avvalgi vakolatlariga asoslanib faoliyat yuritayotganini aytib o‘tgan. (O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati)

O‘tgan yil 22-dekabr kuni qonun chiqaruvchilar, diplomatlar va jurnalistlarga 4 soatlik murojaatnomasida prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) 26 yil avvalgi vakolatlariga asoslanib faoliyat yuritayotganini aytib o‘tgan. (O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati)

TOSHKENT – Tahlilchilarga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatini uzoq yillar davomida boshqarib kelgan rahbar o‘zgarishi munosabati bilan milliy razvedka faoliyatida “katta o‘zgarishlar” yuz berishi taxmin qilinmoqda.

Mirziyoyev 1995-yildan buyon xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilib kelgan 73 yoshli Rustam Inoyatovni lavozimidan ozod qildi, deb xabar berdi chorshanba, 31-yanvar kuni “Xalq so‘zi” gazetasi.

Uning o‘rniga sobiq bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev tayinlandi.

“MXXning vakolatlari qisqartiriladi,” dedi ayni paytda Fransiyada bo‘lgan mustaqil tahlilchi Kamoliddin Rabbimov MXXda bo‘lgan o‘zgarishlarga sharh berar ekan.

“Endi katta o‘zgarishlar bo‘ladi,” dedi u AFPga e-maktub orqali.

Idoradagi tub o‘zgarishlar

Mirziyoyevning so‘nggi qarori MXXni isloh qilishga qaratilgan birinchi qadam emas.

O‘tgan yil 22-dekabrda qonun chiqaruvchilar, diplomatlar va jurnalistlarga 4 soatlik murojaatnomasida Mirziyoyev Milliy xavfsizlik xizmati 26 yil avvalgi vakolatlarga asoslanib faoliyat yuritayotganligini aytib o‘tgandi.

Eskirgan Xavfsizlik xizmati “tashqi va ichki xavfsizlikni himoya qilishga tayyor turishi” uchun uning vakolatlari qaytadan ko‘rib chiqilishi zarur, dedi u.

Mirziyoyevning 4 soatlik murojaatini va yanvardagi boshqa nutqini kuzatgan tahlilchilar nazdida, Mirziyoyev O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalaridan xavfsizlik xizmati xodimlarini olib tashlashga va’da berish orqali Inoyatov bilan qarama-qarshilikka yo‘l ochgandi.

Siyosatga ta’sirni kamaytirish

Rabbimovning fikriga ko‘ra, Inoyatovning lavozimidan olinishi, Mirziyoyevning O‘zbekistondagi nazoratini kuchaytiradi va MXXning O‘zbekiston siyosatiga ta’sirini kamaytiradi.

2016-yilda sobiq prezident Islom Karimov insultdan vafot etganidan so‘ng, Inoyatov mamlakatdagi eng qudratli rahbarlardan biri bo‘lib qolayotgan edi.

60 yoshli Mirziyoyev 13 yil davomida Karimovning bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritdi va Sovet davridan beri qariyb 30 yil davomida hukm surgan sobiq prezident vafotidan so‘ng, O‘zbekistonning yangi rahbari sifatida paydo bo‘ldi.

2016-yilning oxirida prezident bo‘lganidan beri, Mirziyoyev Karimovning haddan tashqari avtoritar va o‘rinsiz siyosatlarini to‘xtatdi.

Inoyatov Karimov vafotidan keyingi kunlarda o‘z qudratini saqlab qolgan bo‘lsa-da, ammo vaqt o‘tishi bilan Mirziyoyev o‘z qudratini mustahkamlab, o‘tgan yil Mudofaa va Ichki ishlar vazirligiga o‘z tarafdorlarini saylaganidan so‘ng yolg‘izlanib qolgandi.

MXXga tegishli bo‘lgan bo‘linma Ichki ishlar vazirligiga o‘tkazilgach, uning vakolatlari kengaygan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Prezidentimiz olib borayotgan siyosatni to‘g‘ri va oqilona deb bilaman. Har bir fuqarolarimiz chin dildan Vatanga qo‘lidan kelgancha xizmat qilishi kerak.

Javob berish