Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-07-31 | Transport

Suratlarda: Yo‘llarni tiklash loyihasi Markaziy Osiyo bo‘ylab aloqalarni mustahkamlaydi

  • 
Tog‘li hudud sharoitida yer transporti ko‘p hollarda yagona aloqa usuli hisoblanadi. Mintaqada to‘qimachilik, tikuv va boshqa iste’mol mollari, shuningdek, tez buziladigan meva-sabzavotlar yer usti transporti orqali tashiladi. Mazkur loyiha doirasida Qirg‘iziston respublikasi hududida 56 kilometrdan, Tojikistonda esa 70 kilometrdan ortiq yo‘llarni ta’mirlash ko‘zda tutilgan. (Jahon banki guruhi)

“Tog‘li landshaft va notekis yer qurilish ishlarini murakkablashtiradi. Lekin, yo‘llar sifati yuqori bo‘ladi”, deydi qirg‘izistonlik yo‘l qurilishi muhandisi Mitko Cholakov. (Jahon banki guruhi)

CARs dasturining Markaziy Osiyo mintaqasiga ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri katta bo‘lishi kutilmoqda.  (Jahon banki guruhi)

Dadaboyevlar oilasi qirg‘iz-tojik chegarasi yaqinida joylashgan yo‘l bo‘yidagi kichik tamaddixonaga egalik qiladi. “Yo‘llar yaxshilansa, bu yerda sayyohlar ham ko‘payadi”, deydi Dadaboyeva xonim. (Jahon banki guruhi)

Yozgi ta’til vaqtida Qirg‘izistonning Botkent viloyatida yashovchi maktab o‘quvchilari o‘tkinchi yuk mashinalari haydovchilariga o‘rik sotib, kundalik mayda xarajatlar uchun pul ishlaydilar. (Jahon banki guruhi)

“Yo‘llarning yo‘qligi juda katta miqdorda chang ko‘tarilishiga, bu esa, o‘z navbatida bolalar orasida bronxial astmaga chalinish holatlarining ko‘payishiga sabab bo‘ladi”, deydi Botkent viloyatining silga qarshi kurash markazining bo‘lim mudiri, shifokor Mirbek Qosimov. U yo‘llar qurib bitkazilganidan so‘ng, aholi salomatligining yaxshilanishiga umid qilmoqda. (Jahon banki guruhi)

Tojikistonning Isfarasidagi 16-sonli bolalar bog‘chasi mudirasi Naziraxon Umatova bolalarning maktabga tezroq va osonroq yetib borishiga imkon beradigan yangi yo‘ldan mamnun ekanligini aytadi. “Eski yo‘llar tor, o‘nqir-cho‘nqir edi. U orqali nafaqat haydovchilar, balki piyodalarning harakatlanishi ham qiyin edi.” (Jahon banki guruhi)

Kalachi Mazor (Isfara, Tojikiston) hamjamiyati rahbari Yoqubjon Mamajonov shunday deydi: “Loyiha natijasida biz suv toshqinlariga qarshi himoya tizimiga ega bo‘ldik, shu bois endi o‘zimizni yanada xavfsizroq his qilmoqdamiz.” (Jahon banki guruhi)

Qirg‘izistonlik yuk mashinasi haydovchisi Asangodjayev mashinaga ortilgan yuk nazorati kabi zamonaviy texnologiyalardan mamnun. “Tarozi avtomatik ekanligi juda yaxshi. Biz kechikishlarsiz, besh daqiqaga qolmay, tezda o‘tib ketyapmiz”, deydi u. (Jahon banki guruhi)

CARs loyihasi Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiy hamkorlik dasturining bir qismi bo‘lib, taraqqiyotga oid boshqa sheriklar bilan parallel ravishda moliyalashtirilmoqda. (Jahon banki guruhi)

Farg‘ona vodiysining 10 milliondan ortiq aholisi hamda Tojikiston va Qirg‘izistonning boshqa tumanlaridan bo‘lgan 3 milliondan ziyod odam loyiha natijasida aloqalarning yaxshilanishidan manfaatdor bo‘ladi. (Jahon banki guruhi)

Jahon banki

MARKAZIY OSIYO – Jahon Banki Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumatlari bilan hamkorlikda Farg‘ona vodiysidagi aholi punktlari va iqtisodiy markazlarni chegaralar osha bog‘lash maqsadida vayron bo‘layozgan yo‘llarni tiklash dasturini amalga oshirmoqda.

Uch mamlakat – Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida bo‘lingan ushbu hududda 10 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi.

CARs (Central Asia Regional Links) loyihasining birinchi boschiqi Qirg‘izistonda, ikkinchisi esa Tojikistonda boshlangan.

Tog‘li hudud sharoitida yer transporti ko‘p hollarda yagona aloqa usuli hisoblanadi. Mintaqada to‘qimachilik, tikuv va boshqa iste’mol mollari, shuningdek, tez buziladigan meva-sabzavotlar yer usti transporti orqali tashiladi. Mazkur loyiha doirasida Qirg‘iziston respublikasi hududida 56 kilometrdan, Tojikistonda esa 70 kilometrdan ortiq yo‘llarni ta’mirlash ko‘zda tutilgan. (Jahon banki guruhi)

Tog‘li hudud sharoitida yer transporti ko‘p hollarda yagona aloqa usuli hisoblanadi. Mintaqada to‘qimachilik, tikuv va boshqa iste’mol mollari, shuningdek, tez buziladigan meva-sabzavotlar yer usti transporti orqali tashiladi. Mazkur loyiha doirasida Qirg‘iziston respublikasi hududida 56 kilometrdan, Tojikistonda esa 70 kilometrdan ortiq yo‘llarni ta’mirlash ko‘zda tutilgan. (Jahon banki guruhi)

CARs dasturining ikki bosqichi yakuniga kelib, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi transport aloqasi yo‘llari tiklanadi.

(Jahon banki guruhi http://www.worldbank.org/terms sahifasida ko‘rsatilgan shartlar asosida ushbu materialdan foydalanishga ruxsat bergan).

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 3

Fikrlar 0

Captcha