Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-08-16 | Inson huquqlari

Kimyoviy qurollar qo‘llanganiga oid hujjatlar Rossiya ittifoqchisining zarariga guvohlik bermoqda


Rossiya prezidenti Vladimir Putin (o‘rtada) Suriya prezidenti Bashar Asad (o‘ngda) va Rossiya mudofaa vazirligi hamda Rossiya harbiy shtabining yuqori lavozimli shaxslari bilan uchrashmoqda, o‘tgan yilning 20-noyabri. (Kreml)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin (o‘rtada) Suriya prezidenti Bashar Asad (o‘ngda) va Rossiya mudofaa vazirligi hamda Rossiya harbiy shtabining yuqori lavozimli shaxslari bilan uchrashmoqda, o‘tgan yilning 20-noyabri. (Kreml)

Qohiradan Volid Abu al-Xayr

DAMASHQ – Faollar butunjahon kimyoviy nazorat organiga hujjatlarni taqdim qilishda davom etmoqdalar, maqsad – Suriya rejimining taqiqlangan kimyoviy qurol qo‘llagani bilan bog‘liq voqea aybdorlarini javobgarlikka tortish.

Aprel oyida Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Suriya rejimi Damashq yaqinidagi Duma shahrida tinch aholiga qarshi kimyoviy qurol qo‘llashda ayblangan, hujum natijasida kamida 40 kishi halok bo‘lgan, 500 dan ortig‘i kasalxonaga yotqizilgan edi. Bu yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan zo‘ravonliklardan biri sifatida e’tirof etilgan.

Jinoyatni yashirish maqsadida Rossiya va uning ittifoqchisi Suriya 2 hafta davomida ushbu hududga xalqaro ekspertlarni kiritmadi. Ular hujum sodir bo‘lgan joyda jinoyat izlarini yo‘qotishga uringanlar, ammo bu urinishlar samarasiz bo‘lgan.


Rossiya harbiylari 16-aprel kuni Suriya hukumati tomonidan tashkillashtirilgan media-tur davomida Duma shahridagi o‘q-dori qoldiqlarini tekshirmoqda. O‘shanda Suriya armiyasi isyonchilar anklaviga qarshi 2 oy davomida olib borilgan hujumdan so‘ng barcha aksil-hukumat kuchlari Sharqiy G‘utani tark etganini e’lon qilgan edi.(Louai Beshara/AFP)

Rossiya harbiylari 16-aprel kuni Suriya hukumati tomonidan tashkillashtirilgan media-tur davomida Duma shahridagi o‘q-dori qoldiqlarini tekshirmoqda. O‘shanda Suriya armiyasi isyonchilar anklaviga qarshi 2 oy davomida olib borilgan hujumdan so‘ng barcha aksil-hukumat kuchlari Sharqiy G‘utani tark etganini e’lon qilgan edi.(Louai Beshara/AFP)


2017-yilning 4 aprel kuni zarin gazi bilan to‘ldirilgan snaryadlar hujumidan so‘ng, Idlib viloyatidagi muxolifat nazoratida bo‘lgan Xon Shayxun shahrida bemorga yordam ko‘rsatilmoqda. Hujum 83 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. (Bashir al-Bassam taqdim etgan surat)

2017-yilning 4 aprel kuni zarin gazi bilan to‘ldirilgan snaryadlar hujumidan so‘ng, Idlib viloyatidagi muxolifat nazoratida bo‘lgan Xon Shayxun shahrida bemorga yordam ko‘rsatilmoqda. Hujum 83 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. (Bashir al-Bassam taqdim etgan surat)

27-iyun kuni dunyo davlatlari Suriyada zaharli qurol qo‘llaganlarni aniqlash maqsadida Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (KQTT) vakolatlarini kengaytirish uchun ovoz berdi.

Ushbu qaror Rossiya, Suriya va Eronning qarshiligiga qaramay, 82 ga 24 ovozlar nisbati bilan ma’qullandi.

“So‘nggi yillar davomida Suriyadagi inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari rejim armiyasining tinch fuqarolarga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganiga oid 350 dan ortiq hisobotlarni taqdim etganlar”, dedi suriyalik yurist Bashir Al-Bassam.

KQTT ushbu hisobotlardan 70 tasinigina tekshira olgan, sababi ehtimoliy hujum sodir etilgan barcha joylarga kirish imkonsiz, dedi u.

“Suriyalik faollarning katta qismi adolatni qaror toptirish va oddiy Suriya fuqarolariga qarshi bunday jinoiy hatti-harakatlar aybdorlarini javobgarlikka tortish uchun mamlakat ichkarisi va tashqarisida bu kabi holatlarni kuzatib bormoqdalar”, deb qo‘shimcha qildi u.

Al-Bassamning so‘zlariga ko‘ra, tibbiyot va ko‘mak tashkilotlari bilan ishlovchi faollar rejimning ushbu jinoyatlarga aloqadorligini ko‘rsatuvchi dalillarni imkon qadar taqdim etishga uringanlar.

“Ular toksik gaz bilan zaharlanganidan so‘ng, Suriyadan olib chiqilgan ayrim yaradorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazganlar”, dedi u.

Ular shuningdek, fuqarolarning o‘pkasiga zaharli gaz kirishi oqibatida nafas qisishi va o‘limiga sabab bo‘lgan holatlarni tasdiqlovchi fotosuratlar va videolavhalarni ham taqdim etganlar.

Ehtimoliy hujum joylari

Tez tibbiy yordam xodimlari va shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, 7 aprel kuni muxolif kuchlar nazoratidagi Duma shahriga uyushtirilgan ehtimoliy kimyoviy hujum natijasida taxminan 40 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

13-iyun kuni KQTT hujum vaqtida asablarni falajlovchi gaz qo‘llanganiga oid dalillar aniqlanmagani, biroq, xlor gazi ishga solingan bo‘lishi mumkinligini aytgan. U tergov guruhining “portlash xavfi bo‘lgan moddalar qoldiqlari orasida tarkibida xlor bo‘lgan turli organik kimyoviy moddalarga” duch kelganini ma’lum qilgan.

KQTT guruh mazkur natijalarning nechog‘lik muhim ekanini aniqlash ustida ishlayotganini bildirdi.

13-iyun kuni KQTT shuningdek, Suriya shimoli-g‘arbidagi Latamna qishlog‘ida amalga oshirilgan ikkita alohida hujumda “katta ehtimol bilan” xlor va zarin gazlari qo‘llanganini bildirdi.

30-mart kuni Latamnaga uchinchi bor hujum qilingan, unda ham zarin gazi ishga solingan, deb xabar bergan edi KQTT rahbari Ahmad Uzumchu o‘tgan yili AFPga.

2017-yilning 4-aprel kuni Xon Shayxun shahriga uyushtirilgan hujum 80 dan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘lgan edi. Bu 2013-yil avgustda Sharqiy G‘utada sodir etilgan halokatli hujumdan so‘ng rejim tarafidan zarin gazi qo‘llanilishi bilan bog‘liq ilk holat ekani aytilgandi.

BMT 2013-yilda 1000 kishi, shu jumladan 400 dan ortiq yosh bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan hujumda ham zarin gazi qo‘llanilganini tasdiqladi, dedi suriyalik jurnalist Muhammad Al-Abdulloh.

Suriya rejimiga qarshi sanksiyalar

Suriya rejimi kuchlari tinch aholiga qarshi taqiqlangan va kimyoviy qurollar bilan muntazam ravishda hujum qilib keladi, dedi Qohira universitetining jinoyat huquqi bo‘yicha professori va Strategik tadqiqotlar bo‘yicha mintaqaviy markaz mutaxassisi Vael Al-Sharimiy.

Ushbu strategiya “uning nazoratida bo‘lmagan hududlarni bo‘ysundirish” maqsadida amalga oshirilgan, dedi u. Rejim va uning qanoti ostidagi OAV esa kimyoviy qurol qo‘llanganini inkor etuvchi bayonotlar berishdan charchamagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “buni isbotlash mushkul ish emas, ammo muayyan vaqt talab qiladi. Sababi, ayrim moddalar, ayniqsa iprit va zarin gazi izlarini yo‘qotish qiyin”. U gazsimon xlor belgilarini yashirish osonroq ekanini aytgan.

Xalqaro qonunchilikka binoan, bu ish uchun shuningdek, mazkur amaliyotlarga yordam bergan va ularni moliyalashtirgan jismoniy shaxslar va kompaniyalar ham mas‘uldirlar, deydi Sharimiy.

“Aynan shu jihat AQSH moliya vazirligi va Fransiya hukumatini ayrim sub‘yektlarga nisbatan sanksiyalar joriy qilishga undadi”, dedi u.

25-iyul kuni AQSH Suriyaning kimyoviy qurollar dasturi uchun xaridlarni amalga oshirishga ko‘maklashgan 8 nafar shaxs va 5 tashkilotga qarshi sanksiyalar e’lon qilgani haqida xabar berdi.

“Suriya tarafidan kimyoviy qurol qo‘llangani bilan bog‘liq mudhish holat, jumladan, begunoh ayollar va bolalarga qarshi hujumlar bizni chuqur larzaga soldi”, dedi AQSH moliya vazirining terrorizm va moliyaviy razvedka masalalari bo‘yicha muovini Sigal Mandelker.

“Biz Asad rejimining shafqatsiz hujumlariga barham berishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni davom ettiramiz. Asosiy e’tibor kimyoviy qurollar dasturini ta’minlaydigan xaridlar tarmog‘iga qaratiladi”, dedi u o‘z bayonotida.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 36

Fikrlar 0

Captcha