Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston vinochilik sohasini rivojlantirmoqchi

AFP

Oʻzbekistonning Zarkent qishlogʻi yaqinida hosilni yigʻib olish chogʻida uzum saralayotgan ishchilar, 20-sentabr. Markaziy Osiyo dashtlari oʻz vinosi bilan mashhur boʻlmasa-da, hukumatning bu yoʻnalishdagi rejalari amalga oshgudek boʻlsa, kunlar kelib oʻzbekcha shardone dunyo mamlakatlari dasturxonlarini bezashi mumkin. (Stanislav Xodjayev/AFP)

Oʻzbekistonning Zarkent qishlogʻi yaqinida hosilni yigʻib olish chogʻida uzum saralayotgan ishchilar, 20-sentabr. Markaziy Osiyo dashtlari oʻz vinosi bilan mashhur boʻlmasa-da, hukumatning bu yoʻnalishdagi rejalari amalga oshgudek boʻlsa, kunlar kelib oʻzbekcha shardone dunyo mamlakatlari dasturxonlarini bezashi mumkin. (Stanislav Xodjayev/AFP)

PARKENT, Oʻzbekiston – Iliq va toʻkin-sochin kuz tobora uzoqlashib, qish oʻz hukmronligini mustahkamlab borar ekan, oʻzbekistonlik uzumchi Abdumutal Yoʻldoshev olgan hosil shisha idishlarga quyilib, Rossiya tomonga yoʻl olmoqda.

Avvallari Yoʻldoshevning 15 gektarlik yeridan olingan uzumlar asosan dasturxonlarni bezagan boʻlsa, endi u va uning ishchilaridan iborat kichik guruh davlat tashabbusi ostidagi vinochilik harakatining oldingi qatoridan oʻrin egallagan.

Bu mavsum uning jamoasi Bayan Shirey va Rkatsiteli uzum navlari hosilini yigʻib oldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning sohani isloh qilish borasidagi rejalari samara beradigan boʻlsa, kejalakda uzumning shardone va kaberne navlarini yetishtirish oddiy holga aylanishi mumkin.

Oʻzbekiston yiliga 20 mln. litr vino ishlab chiqaradi. [Pexels]

Oʻzbekiston yiliga 20 mln. litr vino ishlab chiqaradi. [Pexels]

Fevral oyida prezident maʼmuriyati tomonidan eʼlon qilingan farmonga koʻra, 2021-yil oxiriga qadar davlat vinochilik kompaniyasi eksportini hozirgiga nisbatan 60 foizga oshirish koʻzda tutilmoqda.

Shuningdek, kompaniyaga tegishli ekin maydonlarini ham ikki baravar oshirish moʻljallangan.

Mirziyoyev Oʻzbekistonning yerlarini qamrab olgan suvga chanqoq paxta kabi xomashyo mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga va shu bilan birga xorijiy investorlarni jalb qilishga vaʼda bergan.

Rejada uzumning Fransiya, Italiya, Chili va AQSHdan olib kelingan noyob sanoat navlari koʻchatlarini yetishtirish koʻzda tutilgan.

Ortib borayotgan xavotirlar

Ammo, o‘tgan oyda Toshkentda oʻtkazilgan vino festivali omma eʼtiborini jalb qila olmadi, shu bilan birga soha tahlilchilari O‘zbekistonning markali vino ishlab chiqarish imkoniyati borasida oʻz shubhalarini bildirdilar.

Biroq, bu 38 yashar xususiy fermer Yo‘ldoshevni katta umidlardan to‘xtata olmadi,.

“Men mana shu yerlarning ba’zi qismlarini ijaraga olib, faoliyatimni kengaytrishni maqsad qildim”, dedi u Toshkentdan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan Parkent adirlaridagi yerlarni nazarda tutib.

“Aftidan, hali qilinadigan ishlar ko‘p”, deydi u AFP nashri bilan suhbatda.

Hozirda mahalliy vinochilik burgund sharoblaridan ancha orqada va eksportning ba’zi qismi erta, tugatilmagan jarayon mahsulotlaridan iborat.

Oʻzbekiston yiliga 20 mln. litr vino ishlab chiqaradi, ayni vaqtda Fransiyada bu raqam 4 milliard litrga teng.

Yo‘ldoshevning fermasi yaqinida joylashgan zavodda asosan ayollardan iborat ishchilar konveyerdan o‘tayotgan uzum sharbatini nazorat qilib boradilar. Bu sharbatning hammasi qayta ishlash uchun Rossiyaga yuboriladi.

Zavod rahbari G‘ayrat Ashurovning aytishicha, zavodga 180 ta fermer, jumladan, Yo‘ldoshev ham oʻzi yetishtirgan uzumlarni olib keladi.

Ammo, prezident farmonida nazarda turilgan vinochilik uchun belgilangan soliq va boshqa imtiyozlar vino uchun xomashyo yetkazib berishni qisqartirish va uni tayyor holda ishlab chiqarish jarayonini kuchaytirishga qaratilgan.

O‘zbekiston sobiq Sovet mamlakatlaridan tashqari, Yevropa va Xitoy bozorlarini ham ko‘zlamoqda.

Oʻzbeklar vinodan koʻra koʻproq aroqni maʼqul koʻradi

Sovet Ittifoqining parchalanganiga 30 yilga yaqin vaqt oʻtgan boʻlsa-da, oʻzbeklar hamon vinodan koʻra koʻproq aroq isteʼmol qiladilar, ayni vaqtda jamiyatda islom dini ahamiyatining oʻsib borishi ularning ikkovi uchun ham xavf tugʻdiradi.

Shunga qaramay, vino mahsulotlarining ichki targʻiboti eksportga oid rejalari boʻlgan har qanday mamlakat uchun muhimdir, deydi soha kuzatuvchilari.

“Biror mahsulotning oʻz uyingizda mashhur ekanligini isbotlay olmasangiz, uni xorijga sotishingiz qiyin”, deydi Avstraliyaning Adelaida universitetidagi vino iqtisodiyoti tadqiqot markazi ijrochi direktori Kim Anderson.

Iqlim yana bir potensial toʻsiq boʻladi, dedi u. Oʻzbekiston anʼanaviy tarzda vinochilik bilan shugʻullanib kelgan mamlakatlar, jumladan, Sovet ittifoqi davrining eng mashhur vino ishlab chiqaruvchisi – Gruziyaga nisbatan koʻproq iqlim oʻzgarishlariga duch keladi.

Yoʻldoshevning aytishicha, oʻtgan yili u tok novdalarini koʻmib qoʻyishga majbur boʻlgan, sababi ekin maydonlari muz bilan qoplangan. Andersonning tajribasiga koʻra, bunday hollarda ishchi kuchi sarf-xarajatlari oshib, ekinlarga uzoq muddat davomida zarar yetishi mumkin.

Yozda, 40 daraja issiqda uzumlar yaproqlar qoplamasi bilan toʻsib qoʻyilmasa, ularga ziyon yetishi mumkin, dedi u.

Vinochilikning uzun tarixi

Oʻzbekistondagi vinochilikning tarixi uzun boʻlsa-da, u 19-asrda Rossiya imperiyasi davridagina sanoat koʻlamiga yetgan.

Ilk vinochilik korxonasiga 1868 yilda rus savdogari Dmitriy Filatov tomonidan asos solingan edi.

Ammo, Sovet davrida, asosan to‘yintirilgan ko‘rinishdagi vino ishlab chiqarish ikkita kuchli zarbaga duch keldi.

Birinchisi – Sovet Ittifoqi bo‘ylab spirtli ichimliklarni ishlab chiqarishga qarshi 1980-yillardagi Mixail Gorbachevning ichkilikbozlikka qarshi siyosati edi.

Undan keyin mustaqillik yillarida va Mirziyoyevdan avval uzoq vaqt davomida O‘zbekistonda qat’iy siyosat olib borgan Islom Karimov davrida bu boradagi vaziyat yanada og‘irlashdi.

Tahlilchilar shusiz ham tigʻiz boʻlgan xalqaro vino bozorida O‘zbekiston tanlagan bosqichli yo‘nalish kuch sifatida shakllanishiga shubha bilan qaramoqdalar.

Londondagi vinochilik sohasiga ixtisoslashgan Cult Wines investitsion kompaniyasi vakili Tom Uittington mamlakat qaysi bozorni egallashi mumkinligi borasida fikr yuritdi.

“Oʻzbek vinosi yaqin istiqbolda Koʻhna va Yangi dunyodan boʻlgan oliy nav vino bilan raqobatlasha olmaydi”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500