Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-07-12 | Iqtisodiyot

Rossiyaning Ukraina eksportiga nisbatan cheklovlari Markaziy Osiyoda keskin norozilikka sabab bo‘ldi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin (chapda) va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 2018-yil may oyida Sochida uchrashdilar. Ukraina mahsulotlarining Rossiya hududidan o‘tishiga nisbatan Kreml tomonidan qo‘llangan cheklov muddatining uzaytirilishi Markaziy Osiyodagi biznes rahbarlarini g‘azablantirdi. (Qozog‘iston prezidenti veb-sahifasi)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin (chapda) va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 2018-yil may oyida Sochida uchrashdilar. Ukraina mahsulotlarining Rossiya hududidan o‘tishiga nisbatan Kreml tomonidan qo‘llangan cheklov muddatining uzaytirilishi Markaziy Osiyodagi biznes rahbarlarini g‘azablantirdi. (Qozog‘iston prezidenti veb-sahifasi)

Arman Kaliyev

OLMAOTA – Yaqinda Moskva tomonidan Ukraina mahsulotlarining Markaziy Osiyoga eksporti uchun cheklov muddatining uzaytirilgani qo‘shnichilik munosabatlariga xilof bo‘lib, mahalliy biznesga zarar keltirmoqda, deydi mintaqaviy kuzatuvchilar.

29-iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina mahsulotlarining Qozog‘iston va Qirg‘izistonga Rossiya hududidan olib o‘tilishiga nisbatan cheklovlarni uzaytirgan edi. Yangi muddat 2019-yilning 1-yanvarigacha etib belgilangan.

Dastlabki cheklov Ukraina Yevropa Ittifoqi nazoratidagi erkin savdo hududiga qo‘shilganligiga qarshi o‘ch sifatida 2016-yil 1-yanvarda joriy qilingan edi. Cheklov muddati 30-iyun kuni tugashi kerak edi.


Ukrainada ishlab chiqarilgan Roshen shirinliklari Magnum supermarketida, 7-iyul, Olmaota. (Arman Kaliyev)

Ukrainada ishlab chiqarilgan Roshen shirinliklari Magnum supermarketida, 7-iyul, Olmaota. (Arman Kaliyev)

Putinning farmoni ukrainalik eksportchilarning Markaziy Osiyoga tovarlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib o‘tishiga nisbatan sezilarli logistik va byurokratik cheklovlarni joriy etdi. Rossiya orqali o‘tadigan yo‘l yuklarning Markaziy Osiyoga ortiqcha qayta yuklashlarsiz yetib olishiga imkon berar edi.

Rossiyaning Qozog‘iston va Ukraina o‘rtasida paydo qilgan to‘siqlari eng avvalo ikki davlat tadbirkorlari, qolaversa, Qozog‘istonda noyob bo‘lgan tovarlarning iste’molchilariga zarar yetkazmoqda, dedi ostonalik tadbirkor Beibit Kebekbayev Karvonsaroy nashriga.

Kebekbayevning takidlashicha, Ukraina konfetlari, shokoladlari va yuqori sifatli mebellari Qozog‘istonda doim xaridorgir bo‘lgan. Uning aytishicha, muqobil va murakkab yo‘nalishlar bu mahsulotlar narxini oshiradi.

“Bu cheklov mahsulotlar raqobatbardoshligi kamayib borayotganligi sabab ukrainalik ta’minotchilarga ham, talab kamayib borayotganligi tufayli daromadi pasayib ketayotgan mahalliy sotuvchilarga ham ziyon keltiradi”, dedi u.

“Shu bilan birga, o‘zlarining sevimli mahsulotlaridan voz kechayotgan, ular uchun ortiqcha narx to‘layotgan yoki tanlovlarini cheklayotgan iste’molchilarni unutmasligimiz kerak”, deydi Kebekbayev.

Bu maqbul chora emasligi aniq, dedi u.

Mojaroga boshqalarni aralashtirish

Rossiya yaqinda amalga oshirgan xatti-harakatlari bilan birinchi marta o‘z hamkorlarini mojaroga tortishi emas va o‘zining geosiyosiy o‘yini uchun Qozog‘iston va Qirg‘izistonni o‘z ichiga olgan Moskva nazoratidagi Yevroosiyo Iqtisodiy hamjamiyati (YIH) kabi iqtisodiy tashkilotlardan ham foydalanishga tayyorligini ko‘rsatmoqda.

Masalan, 2011-yilning may oyida Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Gennadiy Onishchenko Qozog‘istonni Gruziyadan vino va spirtsiz ichimliklar importini taqiqlashga chaqirgan. Uning Qozog‘istonga ta’sir o‘tkazish yo‘lidagi samarasiz harakatlari Moskva va Tbilisi o‘rtasidagi nizo davrida yuz bergan edi.

Onishchenko gruzin vinolari YIHdan avvalgi Yevroosiyo bojxona ittifoqi (EACU) tomonidan belgilangan sifat me’yorlariga javob bermasligini da’vo qilgan.

Bu bayonotdan Qozog‘iston ham, Gruziya ham norozi bo‘ldi, ko‘pchilik qozoq tahlilchilari Onishchenko taklifi siyosiy sabablar bilan bog‘liq ekanini ta’kiladilar, deb xabar bergan edi 2014-yilda Qozog‘istonning Kapital.kz sayti. Qozog‘iston Iqtisodiy taraqqiyot va savdo vazirligi bu masalani faqat ko‘p tomonlama muzokaralar orqali muhokama qilishga chaqirgan.

Qozog‘istonlik tadbirkorlar Gruziya mahsulotlarining taqiqlanishiga qarshi chiqdilar.

Rossiyaning bosimi Qozog‘istoning iqtisodiy manfaatlariga zid edi, Gruziya vinolari va mineral suvlari esa YBI qoidalarini buzmas edi, degandi 2011-yilda Qozog‘iston spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchilari milliy uyushmasi (KazAlko) rahbari Amirjon Kaliyev.

2013-yilda ham Rossiya go‘yoki Ukraina shokoladi tarkibida organik birikma – benzopiren topilgani sabab, Qozog‘istonga Ukraina shirinliklarini import qilishdan tiyilishni tavsiya qilgan.

O‘sha paytda bosim ostida qolgan Roshen kompaniyasining rahbari saylovlarda ishtirok etayotgan va YI savdo shartnomasi tarafdori bo‘lgan, Ukrainaning amaldagi prezidenti Petr Poroshenko edi.

Qozog‘iston va Qirg‘iziston keyinchalik o‘z tahlillarini o‘tkazdilar va natijada Roshen konfetlari xavfsiz ekanligi aniqlandi.

Qo‘shnichilikka zid hatti-harakatlar

Rossiya bunday farmonlarni Qozog‘iston bilan muhokama qilmaydi yoki muvofiqlashtirmaydi, degan edi olmaotalik iqtisodchi Magbat Spanov 365info.kz saytida 4-iyul kuni chop etilgan maqolada.

U Rossiyaning o‘z ittifoqdoshiga nisbatan siyosatiga qarshi o‘z g‘azabi va noroziligini bildirdi.

“Hamkorlar va qo‘shnilar bunday qilishmaydi. Shunday ekan, biz amerikaliklar bilan qo‘shma loyihalarni boshlaydigan bo‘lsak, bizdan xafa bo‘lishmasin”, dedi u.

Rossiya hali ham Qozog‘istonni “Rus dunyosining” bir qismi deb biladi va Ostona manfaatlari bilan hisoblashishga o‘rganmagan, dedi Spanov.

Putinning yaqinda Ukraina mahsulotlarini taqiqlashga oid farmoni buni tasdiqlaydi, dedi u. Ekspert Rossiyaning Ukraina bilan munosabati va Qozog‘istonning Ukraina bilan munosabati alohida masala ekanligini ta’kidladi.

“Rossiya taqdirlarni hal qiluvchi hokim emas. U murosa qilishi va boshqa davlatlar manfaatlarini ham hisobga olish kerak”, dedi Spanov.

Qirg‘iz biznes rahbarlarining g‘azabi

Rossiya Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi me’yorlari doirasida boshqa davlatlar bilan qo‘shnichilik aloqalari o‘rnatishni istar ekan, u muammolarga muqobil yechimlarni taklif etishi kerak, dedi qirg‘iz ta’lim loyihasi – “Education Standart” rahbari, bishkeklik Doniyor Emilov.

“Aks holda Qirg‘iziston va Qozog‘iston Jahon savdo tashkiloti orqali o‘z huquqlarini himoya qila oladi. Rossiya esa shunchaki o‘z hamkorlaridan uzoqlashadi”, dedi u Karvonsaroy nashriga.

Moskvaning bir tomonlama aksil sanksialari va Kiyevni iqtisodiy tomondan yakkalashga qilayotgan harakatlari EEU hamkorlariga ta’sir etdi, dedi Qirg‘izistoning savdo-sanoat palatasining sanoat siyosati, eksport va infratuzilma qo‘mitasi raisi Kubat Rahimov.

“Ittifoqdosh ekanmiz, bunday qarorlar muvofiqlashtirilgani ma’qul, ehtimoliy oqibatlar esa hisobga olinib, zararsizlantirilishi lozim”, dedi Rahimov Karvonsaroy nashriga.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 7

Fikrlar 0

Captcha