| Xavfsizlik

Yangi avlod F-35A samolyotlari dunyo boʻylab AQSHga hamkor davlatlarning mudofaasini kuchaytiradi

Karvonsaroy


Yuta shtatidagi Xill aviabazasida “F-35A Lightning II” samolyotini parvozga tayyorlayotgan uchuvchi. 26-mart kuni olingan surat. (AQSH harbiy havo kuchlari)

Yuta shtatidagi Xill aviabazasida “F-35A Lightning II” samolyotini parvozga tayyorlayotgan uchuvchi. 26-mart kuni olingan surat. (AQSH harbiy havo kuchlari)

AQSH markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) hamkor davlatlarni himoya qilish va dunyo boʻylab tahdidlarga qarshi kurashish maqsadida F-35A ilgʻor jangovar samolyotlarini 15 aprel kuni birinchi marta Yaqin Sharqqa yubordi.

Tovushdan tez uchuvchi F-35A – yangi avlod jangovar samolyoti boʻlib, u uzoq yillik tadqiqotlar va milliardlab dollar sarmoyalar natijasidir.

Samolyot bir qator yuqori texnologik xususiyatlarga ega, jumladan, yerdagi radarlarni aniqlay oladi, shu bilan birga, uning elektron qurilmalari nishon haqidagi batafsil maʼlumotni uzoq masofaga uchadigan raketa tashuvchi boshqa samolyotlarga yubora oladi, bu bilan qiruvchi samolyotni halokatli kuchga aylantiradi.


F-35A samolyoti Melburn aviakosmik koʻrgazmasida havo manyovrlarini bajarmoqda, 30 mart kuni Florida shtatining Melburn shahrida olingan surat. (AQSH harbiy havo kuchlari)

F-35A samolyoti Melburn aviakosmik koʻrgazmasida havo manyovrlarini bajarmoqda, 30 mart kuni Florida shtatining Melburn shahrida olingan surat. (AQSH harbiy havo kuchlari)

“Harbiy arsenalimizga ilgʻor qurollanish tizimi qoʻshilmoqda, bu koalitsiya imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi”, dedi AQSH markaziy qoʻmondonligining havo kuchlari qoʻmondoni, general-leytenant Jozef Guastella. “Bu qiruvchi samolyotning datchiklar birikmasi va mustahkamligi jang maydonida qoʻshma kuchlarga xavfsizlik va barqarorlik taqdim etadi va dushmanni yengishga yordam beradi.”

F-35A qiruvchi samolyotlarini joylashtirish AQSh yetakchiligidagi koalitsiya kuchlariga Tolibonlar va “Islom davlati” (ID) jangarilariga qarshi kurashda yordam berish bilan birga, Rossiya va Eron kabi davlatlarning ortib borayotgan tahdidlariga qarshi va ularni jilovlab turuvchi kuch sifatida xizmat qiladi.

Qiruvchi samolyotning Yaqin Sharqqa joylashtirilishi mintaqada zoʻravonlikka qarshi kurashda AQSh kuchlari imkoniyatlarini oshiradi. Bu hududda Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IIQK) eronliklardan foydalangan holda terrorni yoyishda davom etayotgan boʻlsa, Suriya rejimi oʻz xalqiga qarshi kimyoviy qurollarni qoʻllagan va qoʻllash bilan qoʻrqitib kelmoqda.

Qoʻshma Shtatlar guruhning bir necha oʻn yillar davomidagi adovatli harakatlaridan keyin, IIQKni “terrorchilik guruhi” deb tan olgan.

Hamkorlarga sodiqlik

Qiruvchi samolyotlarning mavjudligi uzoq muddatli harbiy hamkorlikni kuchaytirish, qoʻshma havo taktik operatsiyalarini yaxshilash hamda kuchlar, qurilmalar va amaliyotlarning funksional mosligini oshirishga xizmat qiladi.

F-35A qiruvchi samolyotlarining joylashtirilishi Markaziy Qoʻmondonlikning Fors koʻrfazi hamkorlik kengashi mintaqaviy hamkorlariga hamda Arab yarimorolida mintaqaviy xavfsizlik va hamkorlikka sodiq qolayotganini koʻrsatadi.

Sakkiz davlat, jumladan Fors koʻrfazi hamkorlik kengashi aʼzolari, Misr va Iordaniyadan oʻttizdan ortiq yuqori lavozimli rasmiylar 19 mart kuni Florida shtatining Tampa shahridagi Markaziy qoʻmondonlikning bosh idorasiga yigʻildilar. Fors koʻrfazining mudofaa yetakchilari anjumanida dengiz xavfsizligi, mintaqaviy xavfsizlik, integratsiyalashgan havo, raketa mudofaasi va logistikasi kabi xavfsizlikka oid masalalar muhokama qilindi.

AQSHda ilk bor, uch yil ichida toʻrtinchi marta oʻtkazilgan bir kunlik anjuman AQSH va Arab mamlakatlari harbiy rahbarlariga xavfsizlik masalalarini birgalikda muhokama qilish, shu bilan birga, F-35A qiruvchisini shu kabi umumiy maqsadlarda qoʻllash choralarini koʻrib chiqish imkonini berdi.

“Kuchlarni koʻpaytiruvchi”

AQSH havo kuchlari podpolkovnigi, 4-qiruvchilar eskadrilyasi qoʻmondoni Yozef Morris F-35A samolyotini “haqiqiy kuchlarni oshiruvchi” deb atadi.

F-35A qiruvchisida “biz shu darajada koʻp maʼlumotni toʻplash, birlashtirish va yuborish imkoniyatini yigʻdik-ki, u har qanday doʻstona samolyotni mustahkam va halokatli kuchga ega qila oladi. Radarlarga koʻrinmaslik imkoniyati bilan birlashganda har qanday harbiy kuchni toʻldirish imkonini beradi.”

F-35A qiruvchi samolyoti birinchi marta chet davlatda joylashtirilgan boʻlsa, AQSH dengiz harbiy korpusiga tegishli F-35B oʻtgan yil sentabr oyida Afgʻonistonda birinchi marta jangovar hujum yoʻllagan va hududiy tozalash operatsiyalarida muvaffaqiyatli tarzda Tolibonlar joylashuvini yoʻq qilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

34
48
Yo‘q
Fikrlar 3
Siyosat Captcha
| 2019-04-18

Putinning tajovuzini tiyib turish uchun yaxshi mashinalar ekan

Javob berish
| 2019-04-17

Yanki gou houm, samolyotlaringiz bir tiyinga qimmat, tashviqotingiz bilan ham ishimiz yoʻq, amerika bu yovuzlikdir

Javob berish
| 2019-04-20

Barakalla amerikaliklar bu yovuzlikning oʻzginasi

Javob berish