Karvonsaroy
Jinoyat va adolat

Suriyadan qaytgan sobiq qozogʻistonlik jangarilarga uzoq muddatli qamoq xavf solmoqda

Aydar Ashimov

Pavlodarlik psixolog Gulnaz Razdikova (chapda) Suriyadan qaytgan ayollar bilan ishlamoqda, KNB videolavhasidan olingan kadr.

Pavlodarlik psixolog Gulnaz Razdikova (chapda) Suriyadan qaytgan ayollar bilan ishlamoqda, KNB videolavhasidan olingan kadr.

Suriyadan qaytgan ayollar Mangʻistov viloyatidagi reabilitatsiya markazida, KNB videolavhasidan olingan kadr.

Suriyadan qaytgan ayollar Mangʻistov viloyatidagi reabilitatsiya markazida, KNB videolavhasidan olingan kadr.

Suriyadan qaytgan yigit va qiz, Qozogʻistonning Mangʻistov viloyatidagi reabilitatsiya markazi. KNB videolavhasidan olingan kadr.

Suriyadan qaytgan yigit va qiz, Qozogʻistonning Mangʻistov viloyatidagi reabilitatsiya markazi. KNB videolavhasidan olingan kadr.

Suriyadan qaytgan ayollar Qozogʻistonning Mangʻistov viloyatidagi reabilitatsiya markazida qozoq milliy qoʻshiqlarini ijro etmoqdalar. KNB videolavhasidan olingan kadr.

Suriyadan qaytgan ayollar Qozogʻistonning Mangʻistov viloyatidagi reabilitatsiya markazida qozoq milliy qoʻshiqlarini ijro etmoqdalar. KNB videolavhasidan olingan kadr.

NUR-SULTON – Hukumat rasmiylariga koʻra, xorijdagi qurolli nizolarda ishtirok etib vataniga qaygan qozogʻistonliklarni ogʻir jazo kutmoqda.

28-31-may kunlari Qozogʻiston hukumati “Jusan” operatsiyasi davomida 67 ayol va 171 nafar yosh bolani Suriyadan vataniga qaytarib olib keldi, operatsiya “Islom davlati” (ID) safida jang qilish uchun joʻnab ketganlarning oila aʼzolarini uylariga qaytarishni maqsad qilgan.

Yil boshidan beri jami uchta operatsiya oʻtkazildi. Umumiy hisobda 524 qozogʻistonlik, jumladan 137 ayol, 357 nafar yosh bola va 30 ta erkak vataniga qaytarilgan.

Operatsiya Qoʻshma Shtatlarning logistika yordami va AQSH qoʻllovidagi Suriya demokratik kuchlari ishtirokida amalga oshirilgan, deb xabar berdi Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligi.

Qoʻlga olingan qozoq fuqarosini vataniga qaytarish uchun koʻz-quloqlari berkitilgan holda samolyotga chiqarishmoqda, KNB videolavhasidan olingan kadr.

Qoʻlga olingan qozoq fuqarosini vataniga qaytarish uchun koʻz-quloqlari berkitilgan holda samolyotga chiqarishmoqda, KNB videolavhasidan olingan kadr.

Operatsiya davomida Qozogʻiston samolyoti Yaqin Sharqdagi Amerika havo bazasidan foydalandi, deb xabar bergan Qozogʻistonning sobiq diplomatlari va razvedka xodimlari ishlaydigan “Kazanalytics” sayti.

Odil sudlov

Qaytganlarning aksariyati jangarilarning ayollari va bolalaridan iborat boʻlsa-da, ular orasida Suriyada jang qilganlar ham bor – jangarilarni uzoq muddatli qamoq jazosi kutmoqda.

Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (KNB) xabariga koʻra, “Jusan-2” operatsiyasi davomida qaytgan ikki nafar erkakka sakkiz yillik qamoq jazosi belgilangan.

“Qozogʻistonga qaytarilishi bilanoq, 16 nafar erkak va toʻrtta ayol terrorchilik faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilinib, Nur-Sulton, Atirau, Uralsk, Oqtoʻbe, Qaragʻanda va Chimkentdagi qamoqxonalarga joylashtirilgan”, dedi 13-may kuni Nur-Sultonda jurnalistlar bilan uchrashgan KNBning terrorchilikka qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi Baxitbek Rahimberdiyev.

Hibsga olingalar “oʻz ixtiyori bilan uyga qaytishga qaror qilgan, ayrimlar chet elda sodir etgan jinoyatlari uchun javobgarlikka tortilishga ham rozi”, deb qoʻshimcha qildi Rahimberdiyev.

Jambul viloyatidan boʻlgan huquqshunos Aydos Otorbekovning aytishicha, gumondorlar xorijdagi qurolli nizolarda va terrorchilik faoliyatida ishtirok etganlikda ayblangan. Ular mol-mulkni musodara qilish bilan 5 yildan 12 yilgacha boʻlgan qamoq jazosiga hukm qilinganlar.

U shuningdek, rossiyaparast ayirmachilar safida jang qilish uchun Ukrainaga ketgan qozogʻistonliklarni ham qamoq jazosi kutayotganligini aytdi.

“Ular koʻp emas, lekin bor. Oʻtgan yillar davomida bir necha qozogʻistonlik bu jinoyatda aybdor deb topilgan, ular vataniga qaytishi bilanoq hibsga olingan”, dedi Otorbekov.

Ukrainada rossiyaparast ayirmachilar safida jang qilgan Qozogʻiston fuqarosi 30 may kuni sud qilingan edi.

Tinch hayotga qaytish

Hozirda Suriyadan qaytgan ayollar bolalari bilan Mangʻistov viloyatidagi adaptatsiya markazida boʻlib turibdi, ular bilan psixolog va diniy mutaxassislar ishlamoqda.

“Hozirning oʻzida ijobiy oʻzgarishlar bor: fanatizm darajasining pasayishi, qora libosdan va ularni Suriyaga borishga majbur qilgan mafkuradan voz kechish”, dedi Pavlodardagi dinlararo munosabatlarni tahlil qilish va rivojlantirish markazi rahbari, Gulnaz Razdikova.

“Qozogʻistonga kelganlaridan keyin ayollarning ongi oʻzgardi”, dedi ayollar reabilitatsiyasi bilan mashgʻul boʻlgan psixolog Razdikova. “Bungacha ular “ikki qutbli” fikrlash, chuqur diniy fanatizm taʼsiri ostida edilar.”

Uning soʻzlariga koʻra, mutaxassislar har bir ayolning psixologik holati va shaxsiyatini baholab, ularni reabilitatsiya qilish va tinch hayotga qaytarish rejasini ishlab chiqqanlar.

“Biz bu urush davomida ayollar va bolalarning olgan ruhiy jarohatlar bilan ishlaymiz, jamoaviy mashgʻulotlar, yakkama-yakka suhbatlar va qozoq milliy qoʻshiqlarini ijro etish kabi boshqa tadbirlarni oʻtkazamiz”, dedi Razdikova.

Razdikovaning soʻzlariga koʻra, reabilitatsiya uchun qancha vaqt talab etilishi har bir insonning shaxsiyatiga bogʻliq. Bir necha ayol allaqachon uyiga qaytgan, ularning jamiyatga qayta moslashtirish boʻyicha ishlar davom yashash joylarida davom ettiriladi.

“Ular oʻz qilmishlariga chin dildan pushaymon boʻlishgan va barchasini toʻgʻrilashni xohlaydilar”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Oʻzbekiston esa (qaytgan jangarilarni) jazolamadi

Javob berish