| Terrorizm

ID changalidan qutqarilgan qozoqlar hikoyasi: yolgʻonlar va gumrohlik

Aydar Ashimov

Ruhshunos (chapda) qozogʻistonlik ayol bilan ishlamoqda, Qozogʻistonning Mangʻistov viloyatidagi reabilitatsiya markazi. KNB videolavhasidan olingan kadr.

Suriyadan Qozogʻistonga qaytgan bolalar Qozogʻistonning Mangʻistov viloyatidagi reabilitatsiya markazida tushlik qilmoqda. KNB videolavhasidan olingan kadr.

Suriyadan Qozogʻistonga qaytgan bolalar Qozogʻistonning Mangʻistov viloyatidagi reabilitatsiya markazida oʻynamoqdalar. KNB videolavhasidan olingan kadr.

Suriyadan Qozogʻistonga qaytgan bolalar Qozogʻistonning Mangʻistov viloyatidagi reabilitatsiya markazida oʻynamoqdalar. KNB videolavhasidan olingan kadr.

NUR-SULTON – “Islom davlati” (ID) hukmronligida hayot kechirgan hamda keyinchalik Suriyadan olib chiqilgan ayol va bolalar Qozogʻistonning Mangʻistov viloyatidagi reabilitatsiya markazida oʻzlarining darz ketgan hayotlari haqida soʻzlab berdilar.

“Jusan” (Achchiq shuvoq) nomli operatsiyadoirasida olib borilgan soʻnggi evakuatsiya natijasida 231 Qozogʻiston fuqarosi, jumladan 156 nafar yosh bola 7 va 9 may kunlari Suriyadan vataniga qaytarildi. Qozogʻiston tomonidan yanvarь oyida olib borilgan xuddi shunday operatsiyada 47 fuqaro mamlakatga qaytgan edi.

Qaytarilganlar “urush sharoitida yashaganlari tufayli posttravmatik stress holatida edilar”, dedi Pavlodar viloyatining dinlararo munosabatlar tahlili va rivojlanish markazi ruhshunosi va rahbari Gulnaz Razdikova.


Suriyadan Qozogʻistonga qaytgan ona va bola Qozogʻistonning Mangʻistov viloyatidagi reabilitatsiya markazida. KNB videolavhasidan olingan kadr.

Suriyadan Qozogʻistonga qaytgan ona va bola Qozogʻistonning Mangʻistov viloyatidagi reabilitatsiya markazida. KNB videolavhasidan olingan kadr.

Guruh bilan reabilitatsiya mutaxassislari ishlagani sababli “hozirda ularning holatlari ancha yaxshi”, dedi Razdikova. Uning oʻzi ham Suriyadan qaytganlar bilan ish olib boryapti.

Ruhshunoslardan tashqari, qaytganlar bilan ham guruhlarda, ham yuzma-yuz ravishda diniy ulamolar va dinshunoslar ham ishlamoqda, dedi u.

Ijobiy oʻzgarishlar yaqqol sezilmoqda, dedi u. “Kiyim ranglari oʻzgardi. Hammalari niqoblarini yechishdi. Qilgan ishlari uchun jamiyat oldida haqiqatda afsusdalar.”

Razdikovaning soʻzlariga koʻra, ularning koʻpchiligi dinni bilmaganliklari sababli Suriyaga borib qolishgan.

“Nima uchun u yerga bordingiz”, degan savolga barchalari “diniy savodsizlik tufayli”, deb javob beradilar, dedi u.

“U yerda shariat va adolat boʻladi degan aldovga ishonishgan”, deb qoʻshimcha qildi u. “Aslida esa hammasi yolgʻon boʻlib chiqqan. Ular buni yetib borganlarida tushunishgan, ammo tuzoqqa tushganlari sababli ortga qaytish iloji boʻlmagan.”

“Ular hamma narsaga faollik va jonbozlik bilan javob berishmoqda. Ammo reabilitatsiya jarayoni bir oy bilan cheklanib qolmaydi. Hamkasblarim tomonidan viloyat reabilitatsiya markazlarida ish davom etishi kerak va davom etadi ham”, dedi u.

Razdikovaning aytishicha, qaytgan ayollardan biri unga “hayot shirin boʻlishi ham mumkin ekan”, deb aytgan.

“Hamma uchun saboq”

“Ikkala “Jusan” operatsiyasi davomida joriy yilda 270 ta Qozogʻiston fuqarosi ID iskanjasidan qutqarilgan”, dedi tarazlik siyosatshunos va “Beybit Aspan” (Tinch osmon) nodavlat tashkiloti rahbari Ruslan Seksenbayev.

“Ular bizning vatandoshlarimiz, biz ularni eʼtiborsiz qoldirdik va hayotlarining barbod boʻlishiga yoʻl qoʻyib berdik. Ularning vatanga qaytishlari Qozogʻiston uchun mislsiz insonparvarlik operatsiyasi boʻldi”, dedi u.

Bu vatandoshlarimizning “fojeali qismatlari qolganlar uchun saboq boʻladi”, deb qoʻshimcha qildi u.

“Ularga qarang – taqdirlari darz ketgan, sogʻliqlari yomonlashgan, yaqinlarini yoʻqotishgan, hamma narsalarini yoʻqotishgan”, dedi Seksenbayev. “Tinch hayotda yashab, dinga erkin amal qilishlari, farzandlarini voyaga yetkazishlari mumkin edi, ammo ular terrorchilarning tuzogʻiga ilindilar. Bu barchamiz uchun saboq boʻldi.”

Suriyada hamon qozogʻistonliklar bor, ular ham yaqin orada vatanga qaytarilishi mumkin, dedi u.

“Odam oʻldirgan terrorchilarni kechira olmaymiz, ammo ularning ayollari va farzandlarida ayb yoʻq”, dedi u.

“Biz ularga hamdard boʻlishimiz kerak”, dedi Seksenbayev. “Ularni vatanga qaytish va reabilitatsiya kutmoqda. Ishonamanki, ular hech qachon radikal koʻrinishdagi islomni targʻib qilmaydilar, aksincha ular oʻz xatolari haqida boshqalarni ogohlantiradilar.”

Sizga maqola yoqdimi?

34
14
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha