Karvonsaroy
Siyosat

Kremlparast teleboshlovchining Qozogʻistonga hujum qilish haqidagi taklifi fuqarolarni gʻazabga soldi

Kanat Altynbayev

25-iyun kuni “Rossiya-1” telekanalida efirga uzatilgan “Vladimir Solovyov bilan oqshom” koʻrsatuvida mutaxassislar Rossiyaga qarshi uyushtirilishi mumkin boʻlgan biologik hujum xavfi haqida suhbatlashdilar. Suratda koʻrsatuvdan olingan kadr.

25-iyun kuni “Rossiya-1” telekanalida efirga uzatilgan “Vladimir Solovyov bilan oqshom” koʻrsatuvida mutaxassislar Rossiyaga qarshi uyushtirilishi mumkin boʻlgan biologik hujum xavfi haqida suhbatlashdilar. Suratda koʻrsatuvdan olingan kadr.

OLMAOTA – Kremlparast jurnalistning Olmaotadagi laboratoriyani portlatish haqidagi taklifi qozogʻistonliklarning gʻazabini qoʻzgʻadi.

Rossiyalik telejurnalist Vladimir Solovyovning 25-iyun kuni “Rossiya-1” davlat telekanali efirida uzatilgan “Vladimir Solovyov bilan oqshom” koʻrsatuvida tahlilchilar geosiyosat, qudratli davlatlarning toʻqnashuvi va mikrobiologiya sohasidagi harbiy ishlanmalarni muhokama qilganlar.

Muhokama vaqtida Rossiya davlat Dumasi deputati Gennadiy Onishchenko tomoshabinlarga Olmaotadagi yangi laboratoriya amerikaliklarga tegishli ekani va u yerda “deyarli barcha mashhur virus va mikroblar” bilan ish olib borilayotganini aytib notoʻgʻri axborot bergan.

Aslida esa Olmaotadagi markaziy referens-laboratoriyasi Karantin va zoonoz kasalliklar boʻyicha Qozogʻiston ilmiy markaziga tegishli boʻlib, mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligining shoʻba tashkiloti hisoblanadi.

Yevropalik mutaxassislar oʻtgan yil oktabr oyida Olmaotadagi markaziy referens-laboratoriyasida qozogʻistonlik yoʻriqchilarga biologik muhofaza va bioxavfsizlik asoslaridan saboq bermoqdalar. (Project 53 sayti)

Yevropalik mutaxassislar oʻtgan yil oktabr oyida Olmaotadagi markaziy referens-laboratoriyasida qozogʻistonlik yoʻriqchilarga biologik muhofaza va bioxavfsizlik asoslaridan saboq bermoqdalar. (Project 53 sayti)

Yevropalik mutaxassislar oʻtgan yil oktabr oyida Olmaotadagi markaziy referens-laboratoriyasida qozogʻistonlik yoʻriqchilarga biologik muhofaza va bioxavfsizlik asoslaridan saboq bermoqdalar. (Project 53 sayti)

Yevropalik mutaxassislar oʻtgan yil oktabr oyida Olmaotadagi markaziy referens-laboratoriyasida qozogʻistonlik yoʻriqchilarga biologik muhofaza va bioxavfsizlik asoslaridan saboq bermoqdalar. (Project 53 sayti)

AQSH hukumati ushbu laboratoriya qurilishini moliyalashtirgan. Laboratoriya zamonaviy va xavfsiz texnologiyalar yordamida yuqumli kasalliklar tashxisi bilan shugʻullanadi.

Laboratoriya mutaxassislari Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan taʼlim loyihalari doirasida Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligi, Taʼlim va fan vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligining ilmiy xodimlariga biologik xavfsizlik boʻyicha seminar va treninglar oʻtadilar.

Biroq, Solovyov bu laboratoriyaning Rossiyaga xavf tugʻdirishi mumkinligi aytib, “muammoni hal qilish uchun” radikal taklif bilan chiqqan.

“Portlatib yuborsak-chi? Laboratoriya qayerdaligini bilamiz. Shundoq olib, portlatib yuborsak”, dedi u preventiv hujumni nazarda tutib.

Onishchenko Olmaotada millionlab odam yashashini va laboratoriya shahar markazida joylashganini aytib, taklifga eʼtiroz bildirgan.

“Buning uchun yuqori aniqlikda nishonga oluvchi maxsus qurollar ham bor”, dedi Solovyov.

“Yoqimsiz agressor”

Solovyovning Qozogʻiston hududiga yoʻnaltirilgan “zarba” berish haqidagi taklifini Olmaotadagi Nur.kz yangiliklar sayti yozib chiqdi. Qozogʻistonlik mushtariylar rossiyalik teleboshlovchining yondashuvidan gʻazabga tushib, maqola ostida uni tanqid qilganlar.

“Rossiya tashviqotini terrorchilik faoliyati deb tan olish vaqti keldi”, deydi oʻquvchilardan biri.

“Shoumen Kremldan moʻmay pul ishlash uchun hamma narsaga tayyor”, dedi boshqa bir odam.

Bu kremlparast teleboshlovchining Qozogʻistonni birinchi bor tanqid qilishi emas.

2018-yil aprel oyida Qozogʻiston BMT xavfsizlik kengashida ovoz berishdan bosh tortdi, oʻshanda Rossiya Suriyadagi koalitsiya havo zarbalarini qoralovchi oʻz rezolyutsiyasi loyihasini taklif qilgandi. Bu havo zarbalari Suriya prezidenti Bashar Asadning bir necha kun avval kimyoviy qurol ishlatganiga javoban amalga oshirilgan edi.

Oʻshanda Solovyov oʻz dasturida ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar muammosiga toʻxtalib oʻtgan edi.

“Qozogʻiston bilan munosabatlarimizda nimadandir bexabar qoldikmi? Oramizdan qora mushuk oʻtdimi? Yoki keyingi “maydan” (Ukrainadagi Kremlga qarshi namoyishlar) Qozogʻistonga yoʻnaltirilishini kutamizmi?”, deb savol bergan edi u.

Oʻz vaqtida qozoqlar uning bu soʻzlariga ham keskin munosabat bildirgan edilar.

Qozogʻiston bunday qoʻshni bilan ortiq “doʻst” boʻlmasligi kerak, degan edi qozoq milliy kurashini rivojlantirish jamgʻarmasi asoschisi, olmaotalik Arman Shorayev Facebook postida.

“Ha, oʻrtoqlar. Mamlakatingiz haqida bir narsani bilmaysiz shekilli. Siz Britaniyada oʻz fuqarolarini va Suriyada begunoh odamlarni zaharlayotgan, yakkalanib borayotgan davlatga aylanmoqdasiz. Siz sobiq ittifoqchilaridan yerlarini tortib olayotgan yoqimsiz agressorga aylanib ulgurdingiz. Bilmasmidingiz? Unda bilib qoʻying, bunday davlat bilan yoʻlimiz ayro”, deb yozgan Shorayev.

Rossiyaning “qovugʻi”

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha mutaxassis va Olmaotaning “Kursiv” biznes nashrining sobiq reklama menejeri Mirlan Telebarisov Solovyovning dasturida Duma deputati Onishchenkoning boshqa bir gapiga eʼtibor qaratdi.

Telebarisov dasturda Onishchenkoning Markaziy Osiyoni nazarda tutib, “20 dan ortiq eng zamonaviy laboratoriya tashkil etilgan mana shu qovuq bizni tashvishga solmoqda”, deganini eslatib oʻtgan.

“Moskva oʻz rasmiy bayonotlarida nima deyishidan qatʼiy nazar, Rossiya siyosatchilarining mintaqamizga munosabatini tushunish uchun odam anatomiyasi mutaxassisi boʻlish shart emas”, deb aytgan Telebarisov intervyuda.

Kreml federal telekanallar orqali Markaziy Osiyo davlatlariga ularning keragidan ortiq mustaqilligi nimalarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantiruvchi signallar yubormoqda, dedi Nur-Sultonlik tadbirkor Vladimir Prixodko.

“Agar Qozogʻistonning hatti-harakatlarida nimadir yoqmasa, buni Vladimir Putin yoki tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ommaviy ravishda tanqid qilmasligi aniq. Ularning oʻrniga bu ishni davlat telekanallari amalga oshiradi”, dedi Prixodko.

Putin oʻzini guyoki Moskva hali-hamon sovet respublikalarini boshqarayotgan va “qovuqdagi” davlatlarni nazorat qila oladigan hamda ularning hududida qurol-aslahalarini qoʻllashi mumkin boʻlgan dunyoda yashayotgandek tutmoqda, dedi Prixodko.

Rossiya davlat telekanallarining siyosiy pozitsiyasi tomoshabinlar ishonchining pasayishiga sabab boʻlmoqda, deydi bishkeklik siyosiy tahlilchi Askat Dukenbayev.

“Buning sababi bitta: kremlparast OAV hamma narsa - tashviqot, manipulyatsiya, dezinformatsiya bilan shugʻullanyapti, lekin professional jurnalistika bilan emas”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 21

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Stalinning mozori soat mexanizmli bombadan portlab ketsa, hayron qolmang.

Javob berish

Bu Amerika laboratoriyasi ekanligi aniq. Qayerdan shuncha resurslar? Qizil Xoch tomonidan qurilgan.

Javob berish

Bu bizga saroy masxarabozlari tomonidan yetkazilgan Kremlning oʻylari. Rossiya ikkinchi Ukrainani koʻtara olmaydi, lekin bu (xato) tatar, boshqird, chechen birodarlarimizga ozodlik olib kelishi mumkin.

Javob berish

Vatniklardan (paxta qoʻyuvchilar) nimani ham kutish mumkin? Shovinistik maraz doim marazligicha qoladi. Bukrini goʻr tuzatadi. Markaziy Osiyo mamlakatlari Turkiya rahbarligida oʻz NATOlarini tuzishlari kerak. Aks holda, Qrim-2 voqeasi muqarrar.

Javob berish

Sayrayver, bulbul, yaqinda boshingga balo keladi. Alloh kifoya hammangizga. Sizga berilgan ozgina muhlat ichida, Qiyomat kunidan keyin jahannamda yonishingiz uchun oʻtin yigʻyapsizlar.

Javob berish

Qozogʻiston Rossiyasiz hech narsa emas

Javob berish

Ukraina Rossiyasiz yashapti-ku, nima boʻpti?

Javob berish

Soʻnggi besh yil ichida xorijda ishlash uchun besh millionga yaqin ukrainaliklar Ukrainani tark etishdi :) “Rasvo” Rossiyaning oʻzida ularning soni uch millionga yaqin :)

Javob berish

Solovyovning Italiyadagi kulbasiga zarba bersak-chi?

Javob berish

Biz 28 yildan beri Rossiyasiz yashayapmiz va hayotimiz sizning Rossiyadagi hayotingizdan yaxshiroq. Shunday ekan, oʻzlaringiz dam olaveringlar. Yoʻqsa, Ichkeriya sizlarga kurort boʻlib koʻrinadi.

Javob berish

Rossiyaga xos paranoya. Bu odamlar hech kimga va hech narsaga ishona olmaydilar, hatto oʻzlariga ham. Dostoyevskiy bularni ancha oldin tushuntirib bergan.

Javob berish

Janob Solovyov mamlakatlar oʻrtasida nizo keltirib chiqarish va nafrat qoʻzgʻashga uringani uchun ommaviy ravishda sud qilinishi lozim. Eng qizigʻi, u Yevropa va yevropaliklarni ochiqdan-ochiq tanqid qilsa-da, oʻzining Komodagi (Italiya) ajoyib villasiga tez-tez borib turadi. Nima uchun bunday “jurnalist”ga xalqaro darajada toqat qilinishiga unchalik tushunmayman.

Javob berish

Ikkinchi jahon urushini boshlash orqali Kreml Qozogʻistonni ham oʻz avantyurasiga tortmoqda. Shu kungacha bunday tajovuzkor siyosatdan muloyimlik bilan, ammo aniq-tiniq uzoqroqda boʻlishga harakat qilib keldik. Aftidan, “qarchigʻaylar”ga bunday doʻstona neytralitet ham yoqmayotgan koʻrinadi.

Javob berish

“Tinchlik kabutarlari” Mikitka Savdoyining (Nikita Xrushchev nazarda tutilmoqda) buyrugʻi bilan kashf qilingan. Soʻnggi “Qirgʻiy” Makkeynni esa choʻqilab, patlarini yulib oʻldirishgan............

Javob berish

Ruslarning bezbetligi oʻtib tushadi

Javob berish

Kreml oʻz boshiga balo orttiradi. MO mamlakatlari undan yuz oʻgirib, Sharqiy Yevropa qilgani kabi Gʻarbga qoʻshiladilar.

Javob berish

Ukraina va Gruziya yuz oʻgirib boʻldi, lekin Sharqiy Yevropaga oʻxshab, Gʻarbga qoʻshila olishmayapti. Afsuski. (tasavvur qilyapsizmi)

Javob berish

Ularda xuddi Moldova kabi hududiy yaxlitlik muammolari bor. Bu hududlarni kim bosib olganini bilmaysanmi?

Javob berish

Leninning mavzoleyini parcha-parcha qilib portlatib yuborsakchi

Javob berish

... Kerakmas! Shusiz ham oʻlaksa bolshevizmning badboʻy hidi butun yer shari boʻylab tarqalib boʻldi. Yaxshisi, bu jasadni tobuti bilan olis sayyoralardan birining orbitasiga yoki Quyosh tizimidan tashqariga joʻnatvorish kerak, kelasi 1000 yil davomida sasib yotmasligi uchun.

Javob berish

Ostankino va Solovyov ishlayotgan suratga olish maydonchasini portlatishni taklif qilaman.

Javob berish