OLMAOTA – Moskvaning Qozogʻistonda atom elektr stansiyasi qurish gʻoyasini ilgari surishga urinishi mamlakat aholisining keskin qarshiligiga sabab boʻldi, zero bu yerda Rossiyaning avvalgi loyihalari natijasida atrof-muhitga yetkazilgan zarar unutilgani yoʻq.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev oktabr oyida Olmaota viloyati Ulken shahri yaqinida AES qurish gʻoyasini rad etganiga qaramay, Rossiya oʻz ambitsiyalaridan voz kechmagan koʻrinadi.
Rossiya Qozogʻistonda atom elektr stansiyasi qurishga qiziqish bildirmoqda, degan edi Rossiyaning Qozogʻistondagi elchisi Aleksey Borodavkin 10 fevral kuni “Komsomolskaya pravda v Kazaxstane” kremlparast nashriga bergan intervyusida.
Qozogʻiston “sof energiyaga muhtoj, atom elektrostansiyalari esa bu muammoning energetik jihatdan samarali yechimi hisoblanadi”, dedi u kelajakda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan elektr energiyasi tanqisligiga ishora qilib.
Rossiyaning “Rosatom” yadroviy energiya agentligi “bu loyihani amalga oshirishga tayyor hamda stansiyaning xavfsizligi va ekologik jihatdan sofligini kafolatlaydi”, deb qoʻshimcha qildi u “hech qanday xavf” yoʻqligini taʼkidlab.
Uning aytishicha, Qozogʻistonda Rossiya elektrostansiyasining qurilishiga qarshi chiqayotgan ommaviy axborot vositalari “noxolislik” qilmoqda. Tanqidlar “hech qanday asosga ega emas”, dedi u.
Rossiya rejimi 2019-yilning aprel oyida ham shunday tashabbus bilan chiqqan edi. Oʻshanda prezident Vladimir Putin Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev bilan energetika masalasida muzokara oʻtkazgan, keyinchalik Moskva atom elektrostansiyasi qurish taklifini bildirgan.
Keskin tanqidga uchragan taklif
Rossiyaning taklifi Qozogʻistonda keskin eʼtirozga sabab boʻlgan, jamoatchilik inshootning ekologik xavfsizligidan xavotir bildirgan.
Elektrostansiya atrof-muhitga, aholi salomatligiga xavf tugʻdirishi va hatto hayotini xavf ostida qoldirishi mumkin, deydi faollar, Rossiyaning kosmik idorasi ijaraga olgan Qiziloʻrda viloyatidagi Boyqoʻngʻir kosmodromiga ishora qilib.
Mahalliy aholining shikoyat qilishicha, Boyqoʻngʻir atrofidagi tuproq va suv raketa yoqilgʻisining oʻta zaharli tarkibiy moddasi – geptil bilan zaharlangan. Bu modda Rossiya raketalarining parchalari yerga tushgan vaqtda suvga tarqalishi aytiladi.
Qozogʻistonliklar Rossiya texnologiyalarining ishonchli va xavfsiz ekani haqidagi daʼvolarga unchalik ishonmaydilar. Ular 1986-yili Ukrainaning Chernobil shahridagi atom elektrostansiyasi fojeasi va Qozogʻistondagi Semipalatinsk (hozirgi Semey) shahrida olib borilgan yadroviy sinovlarning Qozogʻiston aholisi salomatligiga taʼsirini unutmaganlar.
Sovet Ittifoqi aholi salomatligi va atrof-muhitni eʼtiborga olmay, 1949-yildan 1989-yilga qadar Semipalatinskda 456 ta yadroviy portlashlarni amalga oshirgan.
Mintaqada saraton xastaliklari va tugʻma nuqsonlar keng tarqalgan, deydi 16-yil avval Semeydan Olmaotaga koʻchib oʻtgan Nazira Ormonbayeva.
Bolaligida uning buvisi saratondan vafot etgan.
“Rasmiylar doim bu muammoni yashirishga urinib kelgan, ular yadroviy sinov poligonida qancha mahalliy aholi qurbon boʻlganini ham ochiqlamagan”, dedi u.
“Sovet Ittifoqi yaratgan qudratli qurolning ahamiyati uning uchun odamlar salomatligidan ham ustun edi. Moskva faqat oʻz manfaatlarini ilgari surgan.”
Rossiya “geosiyosiy aktivlarga” ega boʻlmoqchi
Bu elektrostansiya hammadan ham koʻproq Rossiyaning oʻziga kerak, deydi Ormanbayeva. Boshqa xalqaro tahlilchilar ham shunday fikrda.
Rossiya rejimi atom elektrostansiyalari qurishdan siyosiy jihatdan manfaatdor, deydi AQSHda joylashgan Jeyms Martin nomidagi Yadro qurollarini tarqatmaslik tadqiqotlari markazining ilmiy xodimasi Margarita Kalinina-Pol.
Bunday holat, ayniqsa Oʻzbekiston va Qozogʻiston kabi Markaziy Osiyo mamlakatlarida kuzatiladi, deb aytgan u iyun oyida Markaziy Osiy tahliliy portaliga bergan intervyusida.
“ 2014-yilda Rossiya Qrimni anneksiya qilganidan keyin, Gʻarb Rossiyani siyosiy jihatdan yakkalab qoʻydi”, deydi Kalinina-Pol. “Bunga javoban u oʻzining tarixiy taʼsir doirasi, xususan Markaziy Osiyodagi manfaatlarini qayta tiklashga kirishdi.”
Yetkazib beruvchi va xarid qiluvchi tomonlar oʻrtasidagi aloqalar oʻrtacha 30-40 yilga choʻzilishini hisobga olsak, atom elektrostansiyasi “geosiyosiy aktivga” aylanishi mumkin, deya taʼkidlagan u. Shu tariqa mamlakatlarning oʻzaro aloqalari yanada kuchayadi.
“Yadroviy hamkorlik Rossiyaning Markaziy Osiyodagi mavqeini mustahkamlash va mintaqadagi taʼsirini kengaytirish vositasi boʻlib xizmat qiladi”, dedi u.
Elektrostansiyaga qarshilik
Moskvaning “yadroviy” siyosatiga Qozogʻistonda kuchli qarshilik bor, u ham boʻlsa: mahalliy jamoatchilik. Ijtimoiy tarmoqlarda qozogʻistonliklar elektrostansiyaga qarshi oʻz fikrlarini bildirib, hukumatni qayta tiklanuvchi energiya manbalariga eʼtibor qaratishga undamoqdalar.
“Qozogʻistonda hech qachon atom elektrostansiyasi qurilmasligi kerak. HECH QACHON. Buning uchun biz qozoqlar nima qilishimiz kerakligini aniq bilmayman, ammo nimadir qilishimiz kerak”, deb yozgan 2019-yilning iyunida kinorejissyor Janna Issabayeva oʻzining Facebook sahifasida.
Olmaotaliklardan biri real voqealarga asoslangan “Chernobil” teleserialiga oʻz munosabatini bildirgan.
Noroziliklar sababli oktabrda Toʻqayev Rossiya elektrostansiyasining qurilishiga ruxsat bermagan, bu qarorni koʻpchilik rasmiylar qoʻllab-quvvatlaganlar.
Parlament quyi palatasi – Majlis deputati Aydos Sarim Qozogʻistonda Rossiya atom elektrostansiyasining qurilishiga shubha bilan qaramoqda.
“Mamlakatimiz bunday oʻyinlarga aralashmasligi kerak. Obyektiv iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqsak, u bizga kerak emas”, dedi u.
Sarim Rossiyaning kosmik dasturlari uchun Boyqoʻngʻirning ijaraga olinishi atrof-muhitga qanday taʼsir qilayotganiga eʼtibor qaratgan. Rossiya raketalarining parchalari yerga tushishi natijasida qoʻshni tumanlar va hududlardagi aholiga ham zarar yetgan.
U Rossiyani Qozogʻistonning atrof-muhitga oid xavotirlarini eʼtiborga olmaslikda ayblagan.
Nur-Sulton oʻtgan yili Moskvaning atom elektrostansiyasi qurish haqidagi tashabbusini rad etgan boʻlsa-da, Markaziy Osiyodagi Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari bu gʻoyani ilgari surishdan toʻxtamagan.
Tashviqotning kuchaygani bu elektrostansiyaning kimga kerakligi haqidagi bahslarni avj oldirmoqda, xolos.
Men qarshiman bunga
Javob berishFikrlar 18
AESni Moskvada qurish kerak, atomlar bilan oʻsha yerda tajriba qilaverishsin. Shaxsan men Qozogʻistonda AES qurishga qarshiman.
Javob berishFikrlar 18
Rossiya qurgan AES ertasi kuni portlab ketadi.
Javob berishFikrlar 18
Rossiyadan qancha uzoq boʻlsak, shuncha yaxshi.
Javob berishFikrlar 18
Chernobildagi avariya bartaraf etib boʻlmaydigan oqibatlarga olib kelgan. Bizga bunday muammolar kerak emas.
Javob berishFikrlar 18
Qozogʻistonga AES nega kerak? Sizda quyosh, shamol bor... isinaveringlar. Rossiya Atom energiyasi bilan ishlaydigan muzyorar kemalar, ovozdan tez uchadigan raketalar, suzuvchi atom elektr stansiyalari va h.k.larga ega Rossiyada “ilm-fan tanazzulga uchragan” boʻlsa. Nima ham derdim – atom energiyasidan foydalanish sizga emas. Men Qozogʻistonda AES qurilishiga qarshiman.
Javob berishFikrlar 18
Rossiyada ilm-fan kuchli degradatsiyaga uchraganini hisobga olsak, u yerda mutaxassislar borligiga shubha qilyapman.
Javob berishFikrlar 18
Men Qozogʻistonda AES qurilishiga qarshiman.
Javob berishFikrlar 18
Men Qozogʻistonda AES boʻlishiga qarshiman.
Javob berishMen Qozogʻistonda AES qurilishiga qarshiman.
Javob berishFikrlar 18
Rossiyaning atom elektrostantsiyasiga muhtoj emasmiz.
Javob berishFikrlar 18
Ruslar AES qura olarkanmi? Bundan kulgiliroq gap boʻlmasa kerak.
Javob berishFikrlar 18
Bu qanday AES boʻldi? Tezak va tayoqlardan yasalganmi? Balalaykachilar oʻz uyiga oʻrnatsin uni.
Javob berishFikrlar 18
Shunchalik xavfsiz boʻlsa, [Rossiya] oʻz uyida qursin
Javob berishFikrlar 18
BIZDA HAR JOYDAGIDAN KOʻPROQ SHAMOL BOR, YOZIMIZ ESA NIHOYATDA QUYOSHLI, UNDAN KOʻRA SHU YOʻNALISHNI RIVOJLANTIRISHSIN, QOLAVERSA GAZIMIZ HAM BOR
Javob berishFikrlar 18
r Rossiya AESni oʻz hududida qursin. Rossiya AESni oʻz hududida qursin. Uning Qozogʻiston respublikasiga nisbatan munosabati umuman doʻstona emas.
Javob berishFikrlar 18
Qozogʻistonda Rossiya atom elektrostansiyasi boʻlmaydi.
Javob berishMan bunga qarshiman.
Javob berishFikrlar 18