Karvonsaroy
Siyosat

Oʻzbek rassomi Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuziga satira orqali norozilik bildirmoqda

Rustam Temirov

Ikki boshli Rossiya burguti oʻz panjalarida odatdagi hassa va xochli shar oʻrniga yadro bombasi va Rossiyaning Ukrainaga bosqini ramzi boʻlgan “Z” harfini ushlab turibdi. [Mahmud Eshonqulov]

Ikki boshli Rossiya burguti oʻz panjalarida odatdagi hassa va xochli shar oʻrniga yadro bombasi va Rossiyaning Ukrainaga bosqini ramzi boʻlgan “Z” harfini ushlab turibdi. [Mahmud Eshonqulov]

Qadimiy haykallardan boʻlmish “Laokun va uning oʻgʻillari”ga chizilgan oʻxshatmada Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisi Georgiy lentasi bilan kurashayotgani aks etgan. [Mahmud Eshonqulov]

Qadimiy haykallardan boʻlmish “Laokun va uning oʻgʻillari”ga chizilgan oʻxshatmada Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisi Georgiy lentasi bilan kurashayotgani aks etgan. [Mahmud Eshonqulov]

Oʻyin qartasida “ajal chalgʻisini” ushlab turgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin. [Mahmud Eshonqulov]

Oʻyin qartasida “ajal chalgʻisini” ushlab turgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin. [Mahmud Eshonqulov]

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina xaritasiga tank bilan zarba bermoqda. [Mahmud Eshonqulov]

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina xaritasiga tank bilan zarba bermoqda. [Mahmud Eshonqulov]

“Z” harfidan iborat bombalardan yer ostiga yashirinayotgan tinch fuqarolar. [Mahmud Eshonqulov]

“Z” harfidan iborat bombalardan yer ostiga yashirinayotgan tinch fuqarolar. [Mahmud Eshonqulov]

BESHARIQ TUMANI, Oʻzbekiston – Oʻzbekistonlik 55 yashar karikaturachi rassom Mahmud Eshonqulovning ijodida Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan 24 fevral kunidan yangi bosqich boshlangan.

Eshonqulovning aprel oyidagi karikaturalarining birida Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻyin qartasida chalgʻi ushlagan ajal obrazida tasvirlangan.

Boshqa bir suratda ikki boshli Rossiya burguti oʻz panjalarida odatdagi saltanat hassasi va xochli shar oʻrniga yadro bombasi va Rossiyaning Ukrainaga bosqini ramzi boʻlgan “Z” harfini ushlab turibdi.

Karikaturalar orasida Vatikandagi qadimiy haykallardan boʻlmish “Laokun va uning oʻgʻillari”ga chizilgan oʻxshatma ham bor.

4-may kuni Fargʻona viloyatining Beshariq tumanidagi sokin qishlogʻida ishlayotgan 55 yashar oʻzbek karikaturachisi Mahmud Eshonqulov. [Bobur Vohid oʻgʻli]

4-may kuni Fargʻona viloyatining Beshariq tumanidagi sokin qishlogʻida ishlayotgan 55 yashar oʻzbek karikaturachisi Mahmud Eshonqulov. [Bobur Vohid oʻgʻli]

Unda dengiz ilonlari bilan olishayotgan yunon qahramoni va uning oʻgʻillari oʻrniga sovet bayrogʻi oldida Rossiya tashviqotining ramzlaridan boʻlgan Georgiy tasmasi bilan oʻralashgan Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisi tasvirlangan.

“Ayni paytda Ukrainada tinch aholi va bolalar halok boʻlmoqda. Shaharlar vayron qilingan. Butun dunyo bu tajovuzni qoralamoqda, shu qatori men ham”, deydi Mahmud Eshonqulov.

“Odamlar endi Rossiyadan nafratlanmoqda – rus xalqidan emas, balki Putinparast natsistlardan”, deydi u.

Eshonqulov Oʻzbekistondagi kam sonli siyosiy karikaturachilardan biridir.

1991-yilda “Mushtum” satirik jurnalida suratlari chop etilguniga qadar Eshonqulov traktorchi, haydovchi, sotuvchi, yoqilgʻi quyish shoxobchasi operatori kabi turli ishlarni bajargan.

Shu kunlarda u shovqin-suronli Toshkentdan Fargʻona viloyati Beshariq tumanidagi sokin qishlogʻini afzal koʻrgan.

Eshonqulov professional faoliyati davomida 350 dan ortiq koʻrgazma, festival va tanlovlarda ishtirok etgan.

Siyosiy ijodning ahamiyati

Oʻzbekistonda siyosiy va urushga qarshi karikaturalar janr sifatida ommalashmagan va deyarli rivojlanmagan, deydi toshkentlik rassom Vyacheslav Oxunov.

Bu janrda ijod qiluvchi rassomlar ikki-uchtadan oshmaydi, chunki oʻzbek rassomlari koʻpincha oʻz asarlarini tijoriylashtirish tarafdori boʻlib, ijtimoiy-siyosiy faollikdan, dolzarb mavzulardan ongli ravishda chetlanadilar, deydi u.

Oxunov Eshonqulovning aksilharbiy ijodini yuqori baholar ekan, bunday namunalar siyosiy ijodning uzluksiz rivoji uchun zarur ekanini aytadi.

Eshonqulovning shaxsiy pozitsiyasi hurmatga loyiq, deb qoʻshimcha qildi u.

Oʻzbekiston hukumati Ukrainaning hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlasa-da, u yerda oʻzboshimchalik bilan eʼlon qilingan respublikalarni tan olmasa-da, Rossiya elchixonasi, Rossiya uyi va savdo vakolatxonalari “soʻnggi vaqtlarda koʻpayib ketgan turli FSB josuslariga toʻla”, dedi Oxunov Rossiya Federal xavfsizlik xizmatini nazarda tutib.

“Rossiya elchixonasi razvedka idoralaridagi odamlari orqali urushga qarshi mavzuda chiqish qilayotgan yoki Ukrainadagi harbiy jinoyatlar haqida ochiq gapirayotgan shaxslarni aniqlash va roʻyxatga olish uchun barcha vositalarni ishga solmoqda”, dedi u.

Rossiyaning Oʻzbekistondagi oʻta faol tashviqoti kelajakda Oʻzbekiston mustaqilligining yoʻqotilishiga olib kelishi mumkin, deb ogohlantirdi Oxunov.

Demokratik jamiyatda insonlar fikrni ifodalash erkinligiga ega boʻlishlari lozim, jumladan, bu karikatura erkinligini ham oʻz ichiga oladi, deydi toshkentlik siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov.

“Bu maydonda rassomlar soni bir, ikki, besh yoki oʻnta emas, juda koʻp boʻlishi kerak”, dedi u. Karikaturachilar fikr erkinligiga tayanmogʻi zarur”.

Eshonqulovning karikaturalari gʻazab va umidsizlik tabassumini uygʻotadi, deydi fargʻonalik sanʼatshunos Sanʼat Meliboyev.

“Bugun urush va uni boshlaganlar haqida oʻz fikrini erkin bildirish uchun katta jasorat kerak”, dedi u. “Bunga har qanday rassom ham jurʼat qila olmaydi”.

“Ammo Ukrainadagi urush dahshatlarini koʻrsangiz, jim turolmaysiz. Shu sababli Eshonqulov chizgan rasmlar shunday kuchli his-tuygʻular uygʻotadi”, deydi Meliboyev.

“Ular diktaturaning shafqatsizligi va uning oqibatlari haqida fikr yuritishga undaydi”.

Voqelikni tasvirlash

Oʻz navbatida Eshonqulov voqelikni sanʼat orqali aks ettirayotganini aytadi.

Siyosiy karikaturalar va tanqid kelajak uchun xizmat qiladi, deydi u.

“Oʻzimizni tanqid qilsak, jamiyat rivojlanadi... biz oʻz kamchiliklarimizni bilamiz va ularni tuzatishga harakat qilamiz.”

Eshonqulovning yana bir suratida Putinning Ukraina xaritasiga tank bilan zarba bermoqchi boʻlayotgani tasvirlangan. Keyingi suratda esa tank parcha-parcha boʻlib ketgan.

“Butun dunyodagi odamlar urushga qarshi. Mana biz Oʻzbekistonda yashaymiz. Urush kimga kerak?”

Aynan shu sababli Putin – natsist. Agar Rossiya-Ukraina urushi kabi hodisalar yuz beradigan boʻlsa, biz baribir jimgina qarab turmaymiz”, deb aytgan Eshonqulov.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Qishlogʻingga qaytib, rasm chizishni toʻxtat. Sizlarga sivilizatsiya va madaniyat olib kelgan Rossiya boʻladi.

Javob berish

Enangnikiga daf boʻl, rus harbiy kemasi

Javob berish

Kuf-suf, doʻppingga choptirdim )))

Javob berish