Karvonsaroy

Qozog‘iston sudi sobiq jurnalistlar uyushmasi raisini ozod qildi

Karvonsaroy

ZARECHNIY, Qozog‘iston -- Qozog‘istonning sobiq jurnalistlar uyushmasi raisi o‘zining 6 yillik jazo muddatidan salkam 20 oyini o‘taganidan so‘ng, dushanba (4-dekabr) kuni Zarechniyda joylashgan jazo kaloniyasidan ozod qilindi, deb xabar beradi dushanba kuni Ozodlik Radiosi (RFE/RL).

63 yoshli Saidqozi Matayev va uning o‘g‘li Aset 2016-yilning oktabr oyida soliqlarni to‘lamaganlik va Aloqa vazirligidan yuz minglab AQSH dollarini tovlamachilik yo‘li bilan o‘zlashtirganlikda ayblangandi. Matayev olti yilga, uning o‘g‘li esa besh yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Katta Matayev uyushmani boshqarganligi uchun jazoga tortilgandi, deydi huquq himoyachilari guruhlari.

Olmaota viloyati Qapshag‘ay shahar sudi 16-noyabr kuni Saidqozi Matayevni muddatidan avval ozod etishga qaror qildi. Qaror dushanba kuni kuchga kirdi.

Katta Matayev muxbirlarga o‘g‘li tez orada ozod etilishiga umid qilayotganini aytgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500