Karvonsaroy

Mirziyoyev O‘zbekistondagi xorijiy universitetlarga soliq imtiyozlarini taqdim etdi

Karvonsaroy

TOSHKENT– O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi xorijiy oliy o‘quv yurtlarini ayrim soliqlardan ozod qildi, deb xabar berdi Asia-Plus seshanba, 9-yanvar kuni.

Mazkur chora 29-dekabr kuni prezident tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qarori doirasida amalga oshirilmoqda.

O‘zgartirishga ko‘ra, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy oliy oʻquv yurtlari oʻzlarining amalga oshirayotgan taʼlim faoliyatidan 2023-yilga qadar soliqlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan ozod qilinadilar.

O‘zbekistonda yettita xorijiy universitet akkreditatsiyadan o‘tgan va o‘z faoliyatini olib boradi. Ularning barchasi Toshkent shahrida joylashgan. Bular Vestminster xalqaro universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Moskva davlat universiteti filiali, Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining filiali, Turin politexnika universiteti va Inha universitetlaridir.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500