Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-01-18

Qozog‘istonda avtobus yonib ketishi oqibatida 52 kishi halok bo‘ldi

AFP

Aqto‘be, Qozog‘iston – 18-yanvar, payshanba kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida Rossiyaga yo‘nalgan avtobusning yonib ketishi tufayli 52 nafar kishi hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar berdi Markaziy Osiyo davlatlari favqulodda vaziyatlar vazirliklari.

“18-yanvar kuni, mahalliy vaqt bilan ertalabki soat 10:30 da, ichida 55 ta yo‘lovchi va 2 nafar haydovchi bo‘lgan avtobus yonib ketgan. Avtobus ichidan chiqib omon qolgan besh kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Qolganlarning barchasi voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan”, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi. Vazirlik yong‘in sabablariga aniqlik kiritmagan.

Tirik qolganlardan ikki nafarining qo‘llari kuygan, bu haqda AFPga tez yordam xizmati xodimlari ma’lum qilishdi. Qolganlar esa mayda jarohatlar olishgan.

Yong‘in juda tez tarqalgan, dedi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiysi Ruslan Imankulov AFPga.

U transport vositasi Qozog‘istonda ro‘xyatga olinganini aytgan. Biroq, ichki ishlar vazirligi rasmiysining “Interfaks-Qozog‘iston” agentligiga ma’lum qilishicha, halok bo‘lgan yo‘lovchilarning barchasi O‘zbekiston fuqarolaridir.

Qozog‘iston ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, avtobusda Rossiyaga ketayotgan mehnat muhojirlari bo‘lishgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirining aytishicha, avtobus Qozog‘iston janubidagi Chimkent shahridan Rossiyaning Volga daryosi bo‘yidagi Samara shahriga ketayotgan edi. Ikki o‘rtadagi masofa qariyb 1900 kilometrni tashkil qiladi.

Transport vositasi Vengriyada ishlab chiqarilgan Ikarus rusumidagi avtobus bo‘lib, ularning ba’zilari bir necha o‘n yilliklar davomida eskirganiga qaramay, sobiq Sovet ittifoqi mamlakatlarida hozirgacha ishlatiladi.

Mahalliy favqulodda yordam xizmati xodimlari dastlab fojeaga qisqa tutashuv sabab bo‘lgani va avtobusda me’yordan ortiq yo‘lovchi bo‘lganini aytishgan, deb xabar beradi “Interfaks-Qozog‘iston” agentligi.

Shunga qaramay, Imankulov mazkur sabablarni tasdiqlamadi va “yong‘in sabablari haqida gapirishga hali erta” ekanini aytdi.

Qozog‘iston ham, O‘zbekiston ham hodisa sabablarini o‘rganish uchun maxsus hukumat komissiyasini tuzgan, deb xabar berdi Kazinform.

O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri, shuningdek, shoshilinch aloqa raqamlari ishga tushirilganini ma’lum qildi.

Qozog‘iston hukumat komissiyasi “halok bo‘lganlar va ularning oilalariga har tomonlama zaruriy yordam ko‘rsatadi”, dedi ichki ishlar vazirligining davlat tili va axboroti bo‘yicha departamenti boshlig‘i Almas Sadubayev.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 3

Fikrlar 0

Captcha