Karvonsaroy

Aqto‘bedagi avtobus yong‘iniga aloqador besh qozog‘istonlik ustidan sud jarayoni boshlandi

Karvonsaroy

AQTO‘BE, Qozog‘iston – Yanvar oyida avtobusdagi yong‘in natijasida halok bo‘lgan 52 o‘zbekistonlikning o‘limiga aloqador deb gumon qilingan besh qozog‘istonlik ustidan 3-sentabr, dushanba kuni sud jarayoni boshlandi, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL).

Qozog‘istonning Chimkentidan Rossiyaning Samara shahriga ketayotgan avtobus 18-yanvar kuni Aqto‘be viloyatida yonib ketgan edi. O‘zbekistonlik migrantlar Rossiyaga ko‘pincha Qozog‘iston orqali boradilar.

Uch nafar avtobus haydovchisi qasddan bo‘lmagan qotillik va yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzishda ayblanmoqda, yana ikki kishi – avtobusga egalik qilgan qozoq kompaniyasi ishchilariga esa texnik jihatdan yaroqsiz transport vositasidan foydalanish ayblovi qo‘yilgan.

Kompaniya ishchilaridan biri hujjatlarni soxtalashtirish va o‘z ishiga sovuqqonlikda ayblangan.

Sud jarayoni avvalida beshala sudlanuvchi ham o‘z aybini tan olmagan.

Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, avtobus yo‘lovchilari isinish uchun foydalangan gaz plitasi yong‘inga sabab bo‘lgan.

Rasmiylarga ko‘ra, yo‘lovchilarni tashish huquqiga ega bo‘lmagan 29 yillik avtobusning texnik xavfsizlik sertifikatlari muddati tugagan bo‘lgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500