Karvonsaroy

Rossiya motamdagi Suriya shahriga bomba hujumlari bilan tahdid qilmoqda

AFP

SHARQIY G‘UTA, Suriya – Isyonchilar Sharqiy G‘utadagi Duma shahrini tark etmasa, Rossiya va uning ittifoqchisi bo‘lgan Suriya hukumat kuchlari u yerda bomba hujumlarini davom ettirish bilan tahdid qilmoqda, deb xabar berdi 27-mart, seshanba kuni AFP.

Muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, Rossiya hujumga o‘tishidan avval Dumani qamalda ushlab turgan “Jaysh al-Islom” muxolifat guruhiga bir necha kun muhlat bergan, deb xabar qiladi manba.

Suriya hukumat kuchlari Sharqiy G‘utaning 90 foizini egallab bo‘lgan, shiddatli hujumlarda 1600 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘ldi. Ularning qariyb beshdan biri – yosh bolalar.

Xalqaro hamjamiyat Rossiyani Suriya hukumati sodir etayotgan xunrezliklarga sherik ekanlikda ayblagan, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bu ikki davlatni Suriyada “oxirzamon”ni uyushtirishda ayblab chiqqan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500