2018-04-06

Dushanbeda mintaqaviy ayollar biznes-forumi boshlandi

Karvonsaroy

DUSHANBE – 6-aprel, juma kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg‘onistondan kelgan 200 dan ortiq ayol tadbirkorlar ayollar biznes-forumida ishtirok etish uchun Dushanbe shahriga yig‘ildilar, deb xabar beradi AsiaPlus.tj nashri.

Ikki kunlik forum ayol tadbirkorlarning salohiyatini namoyish etishga qaratilgan bo‘lib, ularning aksariyati hunarmandchilik va turizm sohalarida faoliyat yuritadi.

Forum doirasida tadbirkor ayollar, nodavlat-notijorat tashkilotlar vakillari va boshqa manfaatdor tomonlar uchun mahorat saboqlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Tadbir Tojikiston hukumati hamda Tojikiston respublikasining kichik va o‘rta biznes milliy uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan.

Forum ishini tashkil etishga, shuningdek, Dushanbedagi AQSH elchixonasi, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki ko‘maklashgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar

* Majburiy
Captcha