Karvonsaroy
Biznes

Toshkentda hamkorlik va iqtisodiy taraqqiyot masalalariga bagʻishlangan xalqaro forum oʻtkazildi

Maksim Yeniseyev

Ramsfeld jamgʻarmasining ijrochi direktori Sara Tonuchchi forumdagi chiqishi chogʻida, 13-iyun, Toshkent. (Maksim Yeniseyev)

Ramsfeld jamgʻarmasining ijrochi direktori Sara Tonuchchi forumdagi chiqishi chogʻida, 13-iyun, Toshkent. (Maksim Yeniseyev)

TOSHKENT – Siyosiy va biznes yetakchilar hamda iqtisodchilar hamkorlik va iqtisodiy oʻsishni yaxshilash masalalarini muhokama qilish uchun 12-14-iyun kunlari Toshkentdagi oltinchi yillik CAMCA (Markaziy Osiyo - Moʻgʻuliston - Kavkaz - Afgʻoniston) mintaqaviy forumiga yigʻildilar.

Forum “Markaziy Osiyo va Kavkazda iqtisodiy oʻsish va ijtimoiy taraqqiyotni ragʻbatlantirish yoʻllarini mintaqaviy darajada muhokama qilish uchun tuzilgan nodavlat va nopartiyaviy tarmoqdir”, deyiladi bayonotda.

Tadbir tashkilotchilarining soʻzlariga koʻra, tarmoq aʼzolari erkin bozorlar, munosib boshqaruv, qonun ustuvorligi va inson huquqlariga sodiqlikni yuqori baholaydilar.

Bu kabi qadriyatlarni targʻib qilish ekstremizmning kuchayishiga qarshi kurash usullaridan biridir.

13-iyun kuni boʻlib oʻtgan CAMCA forumida maʼruzachini tinglayotgan ishtirokchilar. Forumda dunyoning 20 mamlakatidan 300 dan ortiq qatnashchi, jumladan yirik kompaniyalar rahbarlari, elchilar, vazirlar, professorlar va boshqa delegatlar qatnashdi. (Maksim Yeniseyev)

13-iyun kuni boʻlib oʻtgan CAMCA forumida maʼruzachini tinglayotgan ishtirokchilar. Forumda dunyoning 20 mamlakatidan 300 dan ortiq qatnashchi, jumladan yirik kompaniyalar rahbarlari, elchilar, vazirlar, professorlar va boshqa delegatlar qatnashdi. (Maksim Yeniseyev)

CAMCA forumi Ramsfeld fondi tomonidan AQSHda oʻtkaziladigan “Central Asia-Caucasus Fellowship” dasturi bitiruvchilari hamda Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti tashabbusi bilan tashkil etildi.

U SAMSAga aʼzo Janubiy Kavkazdan Moʻgʻulistongacha boʻlgan 10 mamlakat vakillarini yuzaga kelayotgan mintaqaviy hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida birlashtirish uchun ilk platformalardan biri sifatida tashkil etilgan”, deyiladi Ramsfelьd fondining bayonotida.

Toshkentdagi forumga 20 mamlakatdan kelgan 300 dan ortiq ishtirokchi, jumladan yirik kompaniyalarning bosh direktorlari, elchilar, vazirlar, professorlar va boshqa delegatlar yigʻildilar.

“2014-yilda asos solinganidan beri, forum 25 mamlakat va 150 ta kompaniya nomidan ishtirok etgan 160 dan ortiq maʼruzachi va yuzlab qatnashchilarni oʻzida jamladi”, deyiladi xabarda.

Oʻtgan yillar davomida forumga Qozogʻiston, Moʻgʻuliston, Gruziya, Tojikiston va Ozarbayjon mezbonlik qilgan.

Mushtarak manfaatlar va intilishlar

Bu yil Toshkentdagi forum “Umumiy manfaatlar, umumiy intilishlar” mavzusi ostida oʻtkazildi.

Forum majlislarida savdo, transport va tranzit, mintaqaviy biznes va sarmoya, tadbirkorlik va innovatsiya kabi mavzular muhokama qilindi.

Oʻzbekiston tomonidan tadbirda adliya vaziri Ruslanbek Davletov va senator Sodiq Safoyev ishtirok etdi.

Xorijlik maʼruzachilar orasida Markaziy Osiyo-Kavkaz instituti rahbari Frederik Starr, Gruziya sobiq bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili va Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Hafiz Pashayevlar bor edi.

“SAMSA doirasidagi ichki mintaqaviy savdo” deb nomlangan davra suhbatida Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri Jamshid Xoʻjayev, afgʻonistonlik tadbirkor Asadulla Zamir, Senatning xalqaro munosabatlar boʻyicha qoʻmitasi raisi Alishev Qurmonov va Islom taraqqiyot banki vakili Husan Hasanovlar ishtirok etdilar.

Forum doirasida shuningdek, “CAMCA mamlakatlariga sifatli investitsiyalarni nimalar jalb qiladi?” va “Afgʻoniston: ichki mintaqaviy savdo va investitsiyalarning yangi omilimi?” deb nomlangan seksiya majlislari ham boʻlib oʻtdi.

AQSHlik iqtisodchi Artur Laffer tadbirning bosh maʼruzachisi boʻldi.

Oʻzbekistondagi islohotlar

Oʻzbekistonda milliy davlatchilik va islohotlar: regionalizmni harakatlantiruvchi kuchmi?” deb nomlangan davra suhbatida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama etildi.

Oʻzbekiston hukumati iqtisodiyotdagi rolini cheklashi, iqtisodiyotni liberallashtirish va biznes uchun sharoitlarni yaxshilashni davom ettirishi zarur, dedi forumda soʻzga chiqqan oʻzbekistonlik senator Sodiq Safoyev.

U endi Oʻzbekistonning “islohotlargacha boʻlgan” holatiga qaytishi imkonsiz ekanligini taʼkidladi.

Oʻz nutqida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va xususiylashtirish jarayonlarini izohlar ekan, Laffer hukumat oʻzi qodir boʻlgan narsada muvaffaqiyat qozonish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak, deb aytgan.

Hukumatlar temir yoʻllar, havo yoʻllari va qishloq xoʻjaligini xususiylashtirishlari kerak, chunki ular biznesni samarali boshqarishga qodir emas, deya taʼkidladi u.

Toshkentlik tadbirkor, forum qatnashchisi Bahodir Abdumalikov yigʻilish va uning yakunlaridan mamnun ekanini aytdi.

“Men forum ishtirokchilari fikrlarini tinglashdek ajoyib imkoniyatga ega boʻldim”, dedi u intervyusida. “Markaziy Osiyo va Kavkazdan juda koʻp ziyolilar bilan uchrashish mumkin boʻlgan bu kabi boshqa forumlarni bilmayman. Ularning barchasi kuch-gʻayratga toʻla va oʻz mamlakatlarini rivojlantirish ishtiyoqida yonmoqda”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500