Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Jahon banki iqtisodiy islohotlarni qoʻllab-quvvatlash uchun Oʻzbekistonga 500 mln. dollar ajratadi

Jahon banki

Jahon banki dasturi Oʻzbekiston hukumatining savdo va investitsiyalar hajmini oshirish va moliyaviy sektor samaradorligini kuchaytirish borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Samarqand viloyatida olmani qayta ishlash bilan mashgʻul boʻlgan oʻzbek ishchilari, sanasiz surat. (Jahon banki)

Jahon banki dasturi Oʻzbekiston hukumatining savdo va investitsiyalar hajmini oshirish va moliyaviy sektor samaradorligini kuchaytirish borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaydi. Samarqand viloyatida olmani qayta ishlash bilan mashgʻul boʻlgan oʻzbek ishchilari, sanasiz surat. (Jahon banki)

VASHINGTON, KO – Oʻzbekistondagi iqtisodiy oʻzgarishlar va barcha fuqarolarni ish bilan taʼminlash hamda farovonligini oshirishga yoʻnaltirilgan bozor islohotlari Jahon bankining Taraqqiyot siyosatini qoʻllab-quvvatlash operatsiyasi doirasida ajratiladigan 500 mln. dollarlik (4,3 trillion soʻm) krediti orqali qoʻllab-quvvatlanadi.

14 iyun kuni Jahon banki ushbu kreditni ajratishni maʼqulladi.

Taraqqiyot siyosatini qoʻllab-quvvatlash operatsiyasi Oʻzbekistonning iqtisodiy islohotlarini qoʻllab-quvvatlashga, xususiy sektorning oʻsishi va ish oʻrinlarini oshirish uchun iqtisodiyotni qayta yoʻnaltirishga yordam beradi, deyiladi Jahon banki bayonotida.

Taraqqiyot siyosatini qoʻllab-quvvatlash operatsiyasi Oʻzbekistonning 2017-2021-yillar uchun moʻljallangan taraqqiyot strategiyasiga tayanib, hukumatga ikki muhim sohada islohotlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi, bular – bozorlar va xususiy sektorning iqtisodiyotdagi rolini oshirish hamda ijtimoiy integratsiyani mustahkamlash.

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha vitse-prezidenti Siril Muller 27-fevral kuni Toshkentda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. 26-27-fevral kunlari Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida Muller Jahon bankining mamlakatdagi islohotlarga koʻmaklashishda davom etishini yana bir karra tasdiqladi. (Oʻzbekiston prezidentining matbuot xizmati)

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha vitse-prezidenti Siril Muller 27-fevral kuni Toshkentda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. 26-27-fevral kunlari Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida Muller Jahon bankining mamlakatdagi islohotlarga koʻmaklashishda davom etishini yana bir karra tasdiqladi. (Oʻzbekiston prezidentining matbuot xizmati)

“Oʻzbekistonda mamlakat fuqarolari va xalqaro hamjmiyat tomonidan faol qoʻllab-quvvatlanayotgan keng koʻlamli islohotlar davom etmoqda”, deb qayd etgan Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xideki Mori.

Taraqqiyot siyosatini qoʻllab-quvvatlash operatsiyasi islohotlar normativ oʻzgarishlardan murakkabroq institutsional islohotlarga qaratilayotgan bir vaqtda qoʻshimcha koʻmak bilan taʼminlaydi. Bu islohotlar xususiy sektor ulushini oshirish, ish oʻrinlari yaratilishini yanada kuchaytirish va zaif aholi qatlamlarining ijtimoiy integratsiyasi taʼminlash uchun zarur.

Jahon bankining butun mamlakat boʻylab 4 mingdan ortiq uy xoʻjaliklari ishtirokida oʻtkazilgan “Oʻzbekiston fuqarolarini tinglab” nomli ijtimoiy soʻrovidan maʼlum boʻlishicha, soʻralganlarning 96 foizi mamlakat kelajagini nekbinlik bilan baholaydi.

Taraqqiyot siyosatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha joriy operatsiya 2018-yildagi dastlabki operatsiyaning davomi boʻlib, Oʻzbekiston hukumati 2017-yilda boshlagan islohotlarni chuqurlashtirish va qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Maqsad, hukumatning savdo va investitsiyalarni oshirish, moliya sektorining samaradorligini kuchaytirish va mamlakatning iqtisodiy oʻtish sharoitida muhim boʻlgan institutsional oʻzgarishlarni amalga oshirishga oid saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashdir.

Taraqqiyot siyosatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha operatsiya shuningdek, iqtisodiyotdagi rasmiy ish oʻrinlarini koʻpaytirish, kasbiy malakani oshirish, ijtimoiy himoya tizimini yaxshilash, davlat budjetini shakllantirishda fuqarolarning ishtirokini kengaytirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishda hukumatga ijtimoiy integratsiyani taʼminlashda koʻmaklashadi.

Oʻtgan 2 yil ichidagi sezilarli islohotlar

Soʻnggi 24 oy davomida Oʻzbekiston oʻz iqtisodiyotini isloh qilish borasida muhim qadamlarni qoʻydi.

Valyutani liberallashtirish hamda savdo va nazorat toʻsiqlarini olib tashlash boʻyicha dastlabki islohotlar toʻlqini ortidan, keyingi oylardagi islohotlar regulyativ va soliq yukini yanada kamaytirish, Oʻzbekistonga tashrif buyuradigan xorijiy fuqarolar uchun viza va roʻyxatdan oʻtish talablarini yengillashtirish va davlatning iqtisodiyotga taʼsirini kamaytirishga qaratildi.

Bir vaqtning oʻzida, islohotlar inson kapitali, mehnat bozorini isloh qilish va ijtimoiy xavfsizlik tarmoqlarini kuchaytirishga qaratildi.

Jahon Banki tahliliy va maslahat boʻyicha kompleks dasturni taqdim etish bilan bir qatorda, Oʻzbekistonni umumiy qiymati 3,6 mlrd. AQSh dollariga (30,7 trillion soʻm) teng 22 ta loyiha orqali qoʻllab-quvvatlaydi.

Bu saʼy-harakatlar iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, qishloq-xoʻjaligini rivojlantirish va suv resurslarini boshqarish, energetika, transport, sogʻliqni saqlash, taʼlim, urbanizatsiya, shuningdek, suv taʼminoti va sanitariya xizmatlarini yaxshilash orqali mamlakatning iqtisodiy oʻsishiga hissa qoʻshadi.

Mamlakat fuqarolarining turmush sharoitlarini yaxshilash ekstremizm taʼsirini kamaytirishga yordam beradi.

Oʻzbekiston taraqqiyotni qoʻllab-quvvatlash va fuqarolar uchun imkoniyatlar yaratish boʻyicha muhim iqtisodiy islohotlarni joriy etishda muvaffaqiyatga erishmoqda, dedi Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha vitse-prezidenti Siril Muller 26-27-fevral kunlari Oʻzbekistonga qilgan tashrifi chogʻida.

“Keng koʻlamli iqtisodiy islohotlar shaffoflik va hisobdorlikni ragʻbatlantirishga koʻmaklashib, fuqarolarga koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini yaxshilashga xizmat qiladi”, dedi Myuller.

“Bank, moliya va energetika sektorlaridagi biznes muhitini yaxshilash, yerdan foydalanish va qishloq xoʻjaligidagi, ayniqsa, sogʻliqni saqlash hamda taʼlim sohalaridagi davomli islohotlar xususiy sektorga investitsiyalarni kuchaytirish, yoshlar uchun yangi ish oʻrinlari yaratish va davlatning barqaror iqtisodiy oʻsishiga koʻmaklashadi”, dedi u.

(Jahon banki guruhi http://www.worldbank.org/terms manzilida koʻrsatilgan shartlar asosida ushbu materialdan foydalanishga ijozat beradi.)

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rahmat. yaxshi, foizi ham kam, axir bu faqat shilishni biladigan Rossiya emasku. Bunday kreditlar uchun qancha mamlakatlar navbatda turibdi. Asosiysi ularni aql bilan sarflash, daromad olish, qarzni qaytarish, qolganini esa saqlab qoʻyish.

Javob berish

Naqadar balandparvoz safsata!!! Oʻzbekiston xalqini navbatdagi qarz majburiyatlari bilan “tabriklayman”. Bu aholiga koʻrsatiladigan har qanday kommunal xizmatlar (tabiiy gaz, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va yana nimalardir) tariflarining navbatdagi qimmatlashuviga olib keladi. Natijada, alohida, imtiyozlarga ega kichik bir toifa hayot sifatining koʻtarilishi hisobiga, oddiy fuqarolarning turmush darajasi yanada pasayadi ... Super-globalizatorlar, oʻzlari bilib yoki bilmagan holda Oʻzbekistonni qarz botqogʻi tomon yetaklamoqdalar, u yerdan hali hech kim omon chiqmagan... Barchamizga boshimiz uzra musaffo osmon saqlanib qolishini tilayman...

Javob berish