2018-04-06

Qirg‘izistonda terakt uyushtirishni rejalagan sobiq jangari qo‘lga olindi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (GKNB) matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mamlakat rasmiylari mintaqada terrorchilik hujumlarini rejalashtirgan shaxsni hibsga olganlar, deb yozadi 24.kg nashri 6-aprel, juma kuni.

GNKB xabariga ko‘ra, 1992-yilda tug‘ilgan qirg‘iz fuqarosi xalqaro terrorchilik lagerlarida tayyorgarlikdan o‘tgan va Suriya hukumat kuchlariga qarshi jangovar harakatlarda qatnashgan deb gumon qilinmoqda. Terrorchi guruhlar yetakchilari unga Markaziy Osiyoda hujum uyushtirish vazifasini topshirgani aytilmoqda.

Ayni damda u GKNB qamoqxonasida sud jarayonini kutmoqda.

Joriy hafta boshida Qirg‘iziston huquq-tartibot organlari xuddi shu kabi sobiq jangari hibsga olingani haqida xabar bergan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar

* Majburiy
Captcha