Karvonsaroy

Nazarboyev razvedka rahbari bilan tashqi razvedka va ekstremizm muammolarini muhokama qildi

Karvonsaroy

OSTONA – 27-avgust, dushanba kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Sirbar nomi bilan tanilgan mamlakat tashqi razvedka xizmati rahbariga o‘z faoliyatini xorijiy razvedka idoralari bilan muvofiqlashtirishni buyurdi, deb xabar beradi Nazarboyevning matbuot xizmati.

“Xorijiy xavfsizlik xizmatlaridagi hamkasblaringiz bilan yaqindan hamkorlik qilishingiz zarur”, dedi Nazarboyev Ostonada Sirbar rahbari Gabit Bayjanovga. “Terrorchilik g‘oyalarining tarafdorlarini, jumladan Suriyadan qaytganlarni doim nazorat qilib turing. Bu vazifangizning asosiy yo‘nalishi bo‘lishi kerak.”

Shu bilan birga, Nazarboyev qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona munosabatda bo‘lish muhim ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida Bayjanov Nazarboyevga Sirbar faoliyati va 2018-yilning birinchi yarmidagi natijalar bo‘yicha hisobot berdi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500