Karvonsaroy

Qirg‘iziston korrupsiyaga qarshi kurashda undirilgan mablag‘ hisobiga maktablar quradi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘iziston hukumati korruptsiyaga qarshi kurash davomida undirilgan pullar hisobiga yangi maktablar barpo etishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi 11-sentyabr, seshanba kuni 24.kg nashri prezident Sooronbai Jeenbekovdan iqtibos keltirib.

Jeenbekov bu haqda Bishkek shahrida ta‘lim va fan vaziri Gulmira Xudayberdiyeva bilan uchrashuvida ma’lum qilgan.

Maktablarning o‘quvchilarga to‘lib ketgani bilan bog‘liq muammo o‘rta ta’lim tizimini isloh qilish zarurligini ko‘rsatmoqda, dedi u.

“Bu borada hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak”, dedi Jeenbekov. “Bizda maktablar qurish uchun yetarli mablag‘ bor. Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashdan undirilgan mablag‘lar uchun ochilgan maxsus hisob raqamidagi pullar birinchi navbatda viloyatlar va Bishkek shahrida yangi maktablar barpo etishga sarflanadi.”

Ta’lim va fan vazirligi 2018-yil oxirigacha 78 ta maktabni ochishni rejalashtirmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500