http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/02/05/newsbrief-02

Qirgʻizistonda terrorchilikda gumonlangan ikki shaxs qoʻlga olindi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (GKNB) xalqaro terrorchilik tashkilotiga aʼzolikda gumon qilingan ikki kishini hibsga oldi. Bu haqda 24.kg nashri seshanba (5-fevral) kuni xabar tarqatgan.

Gumondorlardan biri Qirgʻiziston fuqarosi boʻlib, ijtimoiy tarmoqlarda ekstremistik materiallarni tarqatish va chet elliklar uchun soxta qirgʻiz pasportlarini tayyorlab berganlikda ayblanmoqda.

Qoʻlga olingan boshqa shaxs esa Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi boʻlib, Qirgʻizistonda soxta hujjatlar bilan yashirinib yurgan. GKNB maʼlumotlariga koʻra, u terrorchilikka aloqador jinoyatlarni sodir etishda gumon qilingan.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha