EXHT Qirgʻizistondagi faoliyatining 20 yilligini nishonlamoqda

Karvonsaroy

BISHKEK – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) Qirgʻizistondagi faoliyatining 20 yilligini nishonladi. Bu haqda tashkilotning chorshanba (10-aprel) kungi bayonotida maʼlum qilingan.

YXHT “barqarorlikni mustahkamlash, taraqqiyot va islohotlar sohasidagi saʼy-harakatlarda” Qirgʻizistonni qoʻllab-quvvatlashga tayyor. Bu haqda YXHTning amaldagi raisi, Slovakiyaning tashqi ishlar va Yevropa ishlari boʻyicha vaziri Miroslav Laychak 9-aprel kuni Bishkekka tashrifi chogʻida maʼlum qildi.

“Men YXHT faoliyati tinchlik va barqarorlik uchun yangidan zamin hozirlayotganini qatʼiyat bilan olqishlayman”, dedi Laychak 20 yillik sanani nishonlash tadbirida.

Laychak Bishkekda yuqori lavozimli shaxslar, jumladan prezident Sooronbay Jeyenbekov, tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov va parlament spikeri Dastanbek Djumabekov bilan uchrashgan.

“Tashkilot bu yerga biror narsani oʻrgatish yoki majburlash uchun kelmagani aniq”, dedi u. “Aksincha, u eshitish va oʻrganish, muloqot va almashuv uchun yangi platformalar yaratish, imkoniyatlar yaratish uchun kelgan.”

Qirgʻizistondagi YXHT dasturlari idorasi oʻtgan yigirma yil ichida “terrorizm va korrupsiyaga qarshi kurashish, chegaralararo savdoni qoʻllab-quvvatlash, atrof-muhitni asrash haqida xabardorlikni oshirish” ustida ishlagan, deyiladi bayonotda.

Shu bilan birga, u ayollarning siyosiy jarayonlarda ishtirok etishiga yordam berdi, imkoniyatini cheklangan insonlarning saylov jarayonidagi ishtirokini osonlashtirishga koʻmaklashdi, deyiladi xabarda.

Sizga maqola yoqdimi?

1
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha