YXHT raisi Qozogʻiston rasmiylari bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

Karvonsaroy

NUR-SULTON – Dushanba (8-aprel) kuni Nur-Sulton shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) amaldagi raisi Miroslav Laychak qozoq rasmiylari bilan muzokara oʻtkazdi, deb xabar beradi Kazinform.

Ayni vaqtda Slovakiya tashqi ishlar vaziri boʻlgan Laychak va Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Beybut Atamkulov YXHTning kun tartibi, tashkilotning Qozogʻiston bilan hamkorlik salohiyati, Yevroosiyo hududida xavfsizlik va oʻzaro hamkorlikka oid kelgusi rejalar xususida fikr almashdilar.

“Biz YXHT tuzilmalarini (organlari) masʼuliyat hududi boʻylab bir tekisda joylashtirish zaruriyatini ham muhokama qildik”, dedi Atamkulov uchrashuvdan soʻng. “Shuningdek, tashkilot faoliyatini jadallashtirishga koʻmaklashuvchi dala missiyalarining yangi formatiga oʻtish masalasi ham koʻrib chiqildi.”

Tomonlar, shuningdek, 2020-yilda Xelsinki Yakunlovchi akti qabul qilinganining 45 yilligiga bagʻishlab oʻtkaziladigan, YXHT kotibiyatining Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash hamda Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari uyushmasi bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha xalqaro anjumanni oʻtkazishga oid rejalarni ham muhokama qildilar.

YXHTning maqsadi nizolarni hal etish, xavfsizlik va koʻp tomonlama samarali hamkorlikni taʼminlashdir, deb qayd etdi Laychak dushanba kuni Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev bilan uchrashuvi chogʻida. U Qozogʻistonnning xalqaro nizolarni hal qilishdagi rolini alohida urgʻulagan.

Sizga maqola yoqdimi?

2
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha