Qirgʻiziston Kobulga elchi joʻnatdi

Karvonsaroy

BISHKEK – 24.kg nashrining payshanba (18-aprel) kuni bergan xabariga koʻra, Kobulda Qirgʻiziston elchisi qayta ish boshlagan.

Afgʻonistondagi diplomatik missiyaga Miroslav Niyazov rahbarlik qiladi, deb xabar bergan Qirgʻiziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov jurnalistlarga. Diplomatik missiya faoliyati maʼlum muddatga toʻxtatilgan edi.

Mazkur voqea Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniyning Qirgʻizistonga ilk rasmiy safari bilan bir vaqtga toʻgʻri kelgan.

Rabboniy qirgʻizistonlik davlat mulozimlari bilan muzokara oʻtkazgan. Shundan soʻng, Afgʻoniston va Qirgʻiziston rasmiylari iqtisodiy sohadagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, Qirgʻizistondan Afgʻonistonga elektr energiyasi eksport qilish masalalari bilan shugʻullanuvchi hukumatlararo komissiya tuzishga kelishib olganlar.

Shuningdek, Xitoydan Qirgʻiziston va Tojikiston orqali oʻtuvchi temiryoʻl barpo etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Rabboniy mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi hamkorlik uchun Qirgʻizistonga minnatdorchilik bildirdi.

Sizga maqola yoqdimi?

2
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha