Qirgʻiziston prezidenti Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri bilan mintaqaviy xavfsizlikni muhokama qildi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeyenbekov juma (19-aprel) kuni Bishkekda Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy bilan uchrashib, mintaqaviy xavfsizlik va iqtisodiy aloqalarni muhokama qildi, deb xabar beradi 24.kg nashri Jeyenbekovning matbuot xizmatiga tayanib.

Rabboniyning Qirgʻizistonga qilgan ilk tashrifi qirgʻiz-afgʻon hamkorligini kuchaytirishga xizmat qiladi, dedi Jeyenbekov uchrashuv chogʻida.

“Biz Qirgʻizistonning xalqaro tashkilotlar doirasida Afgʻoniston pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlashidan minnatdormiz. Ishonchingiz komil boʻlsinki, Afgʻoniston ham doim Qirgʻizistonning pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlaydi”, dedi Rabboniy.

Tomonlar, shuningdek, Afgʻonistondagi etnik qirgʻizlarni qoʻllab-quvvatlash masalasini ham muhokama qilganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

2
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat Captcha